138
Burun bo‘shlig‘ining lateral devori murakkab tuzilgan. Uni
ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘i, g‘al virsimon suyak labirin-
ti, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi va qanotsimon
o‘simta ning medial plastinkasi hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i-
ning lateral devori da uchta:
burunning yuqorigi, o‘rta va past-
ki chig‘anoqlari bo‘lib, ular burun bo‘shlig‘ining yon devorini
uchta burun yo‘liga ajratadi. Yuqorigi va o‘rta chig‘anoq g‘alvir-
simon labirintning qismi bo‘lsa, pastki burun chig‘anog‘i alohi-
da suyak.
Yuqorigi burun yo‘li
yuqorigi va o‘rta burun chig‘anoqlari
o‘rtasida joylashgan. Unga orqa g‘alvirsimon
katakchalar va po-
nasimon bo‘shliq aperturasi ochiladi.
O‘rta burun yo‘li
o‘rta va pastki burun chig‘anoqlari o‘rtasi-
da joylashgan. Unga oldingi va o‘rta g‘alvirsimon katakchalar, pe-
shona, ustki jag‘ bo‘shliqlari aperturasi ochiladi.
Pastki burun yo‘li pastki burun chig‘anog‘i bilan qattiq tanglay
o‘rtasi da joylashgan. Uning oldingi qismiga ko‘z
yoshi-burun ka-
nali ochiladi.
Dostları ilə paylaş: