134
ga mos bo‘lgan miya pushtalaining izlari,
arteriya va vena egatlari
bor. Alohida suyaklarning miya yuzasida miya qattiq pardasining
sinuslari va diploik venalar boshning tashqi venalari bilan bog‘la-
nadigan vena teshiklari bor.
Kalla asosida ham tashqi va ichki yuza tafovut qilinadi. Kal-
la asosining ichki yuzasi (72-rasm) bosh miyaning pastki yuzasi
relyefiga mos tekis bo‘lmagan yuzaga ega. U uchta: oldingi, o‘rta
va orqa kalla chuqurchasiga bo‘linadi.
Oldingi
kalla chuqurchasi
peshona suyagining ko‘z kosasi qis-
mi, ponasimon suyakning kichik qanotlari va g‘alvirsimon suyak-
ning g‘alvirsimon plastinkasidan hosil bo‘lgan.
Bu chuqurchada miya izlarining bo‘rtmalari va barmoqsimon
botmalar, xo‘roz toji, ko‘r teshik, peshona
qirrasi va hidlov nervi
ipchalari o‘tadigan g‘alvirsimon teshikchalar bor.
O‘rta kalla chuqurchasi nisbatan chuqur. Uni ponasimon
suyak tanasi va katta qanotlari, chakka
suyagi piramidasining ol-
dingi yuzasi va pallasi hosil qiladi. Unda turk egari, gipofiz chu-
qurchasi, ko‘ruv nervi
kesishmasining oldingi egati, ko‘ruv nervi
kanali, uyqu arteriyasining egati, ko‘z kosasining yuqori yorig‘i,
Dostları ilə paylaş: