chiqadi. Uning
yon tomonida pastki jag‘ asosi-
da ikki qorinli mushak chuqurcha-
si,
ustki chekkasining ikki tomo-
nida esa til osti chuqurchasi
joy-
lashgan. Uning ostidan boshlangan
jag‘-til osti chizig‘i
yuqoriga qiya
yo‘nalib tananing orqa uchiga bo-
radi. Uning ostida jag‘ tishlari so-
hasida pastki jag‘ osti chuqurcha-
si ko‘rinadi. Pastki jag‘ suyagining
shoxi
tanasi bilan past ki jag‘ bur-
chagi hosil qilib birikadi. Uning
tashqi yuzasida chaynov g‘adir-budurligi,
ichki yuzasida qanotsi-
mon g‘adir-budurlik bo‘lib, ularga shu nomdagi mushaklar birikadi.
Suyak shoxi ikki: oldingi toj simon o‘simta
va orqa do‘ngli o‘siqcha
hosil qilib tugaydi. Ularning o‘rtasida pastki jag‘ o‘ymasi
bor.
Do‘ngli o‘siqchada pastki jag‘ boshchasi
va toraygan pastki jag‘
bo‘yni,
bo‘yinning oldingi yuzasida qanotsimon chuqurcha joy-
lash gan.
Pastki jag‘ shoxining ichki yuzasida pastki jag‘ tilchasi bilan
chegaralangan pastki jag‘ teshigi bo‘lib, u pastki jag‘ kanaliga
da-
vom etadi.
Til osti suyagi (os hyoideum)
bo‘yinda pastki jag‘ suyagi bilan
hiqildoq o‘rtasida joylashgan; uning tanasi, katta va kichik shox-
lari tafovut qilinadi.
Til osti suyagining tanasi
bukilgan plastinka shaklida bo‘lib,
old tomoni ko‘tarilgan, orqasi botiq. Tananing o‘ng va chap to-
monidan yuqoriga va orqaga yo‘nalgan katta shoxlari
boshlanadi.
Kichik shoxlari
esa tanadan yuqoriga va orqaga qarab chiqadi.
70-rasm. Pastki jag‘: 1–do‘ngli o‘siqcha; 2–pastki jag‘
boshchasi; 3–pastki jag‘ o‘ymasi;
4–tojsimon o‘simta; 5–pastki jag‘
teshigi; 6–pastki jag‘ tilchasi;
7–qanotsimon g‘adir-budurlik;
8–pastki jaj‘-til osti egati;
9–alveola bo‘rtmalari;
10–engak tepaligi; 11–engak
teshigi; 12–pastki jag‘ tanasi;
13–chaynov g‘adir-budurligi;
14–pastki jag‘ning shoxi;
15–pastki jag‘ning bo‘yinchasi.