Anatomiya 2014. indd


Kalla suyaklarining birlashuvi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kalla suyaklarining birlashuvi
Kalla suyaklari o‘zaro uzluksiz birlashmalarning bir turi bo‘l-
gan chok lar vositasida birlashadi. Ulardan faqat pastki jag‘ suyagi 
chak ka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. Kalla qopqog‘i 
suyak lari o‘zaro tishli choklar hosil qilib birlasha di. Chak ka suya-
gining palla qismi tepa suyagi bilan tangasimon chok hosil qilsa, 
yuz suyak lari o‘zaro silliq chok yordamida qo‘shi la di. Kalla aso-
sida esa sinxondroz lar ham uchraydi.
Kalla qopqog‘i suyaklari o‘rtasida quyidagi tishli choklar uch-
raydi. Tepa suyaklarining medial chekkalari o‘zaro sagittal chok 
hosil qilib birlashadi. Peshona va tepa suyaklari o‘rtasida tojsimon 
chok bo‘lsa, tepa suyak lari va ensa suyagi pallasi o‘rtasida lamb-
dasimon chok hosil bo‘ladi.
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi
(articulatio temporomandibula-
ris)
 
juft, hamkor bo‘g‘im (71-rasm). U tuzilishi jihatidan ellips-
simon bo‘g‘im tur kumiga kiradi va pastki jag‘ suyagi boshchasi 
bilan chakka suyagi pastki jag‘ chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. 
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari fibroz tolali tog‘ay bilan qoplan-
gan. Bo‘g‘im diskining
 
chekkasi bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan-
ligi uchun, bo‘g‘im bo‘shlig‘ini ikki qavatga ajratadi. Diskning ik-
ki cheti baland, o‘rtasi chuqur bo‘lib, suyaklarning bo‘g‘im yuza-
larini bir-biriga moslab turadi. Bo‘g‘im xaltasi chakka suyagiga 
old tomondan bo‘g‘im do‘mboq chasi, orqa tomondan esa tosh-
simon-nog‘ora yorig‘i sohasida yopishadi.
Pastki jag‘ suyagi do‘ngli o‘siq chasini old tomondan past -
ki jag‘ bosh chasining chekkasi bo‘ylab biriksa, orqa tomondan 
past ki jag‘ boshchaning orqa chekkasi dan 0,5 sm pastroqda bi-
rikadi. Bo‘ g‘im xaltasining old tomoni orqasiga nisbatan yupqa-
roq. Uni tash qi tomondan yonoq o‘simtasi asosidan boshlanib, 
bo‘g‘im o‘simtasi bo‘ynini orqa lateral yuzasiga birikadigan yel-
pig‘ich shaklidagi lateral boylam mustah-
kamlaydi. Bundan tashqari bo‘g‘imni mu-
stahkamlashda ponasimon suyak qanotsi-

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin