133
mon o‘simtasidan boshlanib, pastki jag‘ tilchasiga birikadigan in-
gichka fibroz tizimcha shaklidagi ponasimon-pastki jag‘ boyla-
mi va bigizsimon o‘simtadan boshlanib pastki jag‘ shoxining or-
qa chekkasini ichki yuzasiga birikadigan bigizsimon-pastki jag‘
boylami
ham ish tirok etadi. Bo‘g‘imda harakat uch o‘q atrofi-
da bo‘ladi: 1. Og‘izni ochib yopi lishiga mos ravishda pastki jag‘
past ga tushadi va ko‘tariladi. 2. Pastki jag‘ning oldinga va orqaga
surilishi. 3. Pastki jag‘ning o‘ng va chap tomonga harakati.
Butun kalla
Kallaning miya qismi uning gumbazi va asosidan tashkil top-
gan. Ular o‘rtasidagi chegara ensa suyagini tashqi do‘ngligidan
boshlanib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i bo‘ylab so‘rg‘ichsimon
o‘simta asosiga, undan tashqi eshituv yo‘lagi ustidan yonoq ra-
vog‘i va ko‘z kosasining ustki qirrasi bo‘ylab peshona burun cho-
kigacha boradigan shartli chiziqdan iborat. Kalla gumbazini pe-
shona, ensa va chakka suyaklarining palla qism lari, tepa suyakla-
ri, ponasimon suyak katta qanotini lateral bo‘laklari hosil qiladi.
Kalla gumbazi suyaklari yassi suyaklar turkumiga kiradi. Ular ik-
ki qavat yupqa kompakt modda qatlami va ular o‘rtasida joylash-
gan, uncha qalin bo‘lmagan g‘ovak moddadan iborat. Ichki bosh
miyaga qaragan qatlam mo‘rt bo‘lgani uchun shi shasimon qatlam
deyiladi. Bosh shikastlangan vaqtda tashqi qatlam o‘zgarmagan
holda, ichki qatlamning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishi kuza-
tiladi. Kalla gumbazining tashqi yuzasida tepa suyaklarining sa-
gittal chekkalari o‘rtasida sagittal chok
joylashgan. Frontal sath-
da peshona suyagining pallasi bilan tepa suyaklari o‘rtasida esa
tojsimon chok
Dostları ilə paylaş: