1. Ikki qorinchali mushak (m. digastricus)
o‘zaro oraliq pay
bilan birikkan oldingi va orqa qorinchalardan iborat. Orqa qorin-
cha chakka suyagining so‘rg‘ichsimon osimta kemtigidan boshla-
nadi, oldinga va pastga yo‘nalib, oraliq pay vositasida til osti suya-
gi tanasi va katta shoxiga birikadi. Oraliq pay oldingi qorinchaga
davom etib, oldinga va yuqoriga yo‘naladi va pastki jag‘ suyagi-
ning ikki qorinchali mu shak chuqurchasiga birikadi.
2. Bigizsimon-til osti suyagi mushagi (m. stylohyoideus)
chak-
ka suyagi bigizsimon o‘siqchasidan boshlanadi. Pastga va oldinga
yo‘nalib til osti suyagi tanasiga birikadi.
3. Pastki jag‘-til osti suyagi mushagi (m. mylohyoideus)
keng,
yassi mushak. Pastki jag‘ suyagining ichki yuzasidagi jag‘-til os-
ti chizig‘idan boshlanadi. O‘ng va chap mushaklarning oldingi
uchdan ikki qismi tolalari ko‘ndalang yo‘naladi va o‘rta chiziqda
o‘zaro birikib, pay chokini hosil qiladi. Orqa uchdan bir qismi to-
lalari yuqoridan pastga yo‘nalib, til osti suyagi tanasining oldingi
yuzasiga birikadi. Pastki jag‘ va til osti suyagi o‘rtasida joylashgan
bu mushak og‘iz diafragmasini hosil qiladi.
4. Engak-til osti suyagi mushagi (m. geniohyoideus)
o‘rta
chiziq ning ikki tomonida jag‘-til osti mushagining ustida yota-
di. Engak o‘tkir qirrasidan boshlanib til osti suyagi tanasiga bi-
rikadi.
Faoliyati: til osti suyagi usti mushaklari pastki jag‘ qimirlamay
turganida til osti suyagini va hiqildoqni ko‘taradi. Til osti suya-
gi qimirlamay tursa, ulardan uchtasi (bigizsimon-til osti suyagi
mushidan tashqari) past ki jag‘ni tushiradi.
Til osti suyagi ostidagi mushaklari ham to‘rtta: to‘sh-til osti,
to‘sh-qalqonsimon, qalqonsimon-til osti, kurak-til osti mushakla-
ri kiradi.