Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ko‘zning aylanma mushagi
(m. orbicularis oculi) yassi mu-
shak. U qovoqlarning tashqi yuzasini va ko‘z kosasining chekka-
sini egallaydi. Bu mushak qovoqlarning medial boylami va ko‘z 


169
kosasining medial devoridan, peshona suyagining burun qismi va 
ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘idan, ko‘z yoshi suyagi qirra-
sidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushak ko‘z yorig‘ining 
lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlarning birlashgan yeriga 
birikadi. Faoliyati: ko‘z tirqishini yopadi. Ko‘z yoshi xaltachasini 
kengaytiradi.
Qoshlarni chimiruvchi mushak
(m. corrugator supercilli) qosh 
usti ravog‘ining medial chetidan boshlanib, yuqori va lateral to-
monga yo‘naladi va o‘z tomonidagi qosh terisiga birikadi.
Faoliyati: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o‘rtasida 
vertikal burmalar hosil qiladi.
Burun teshigini o‘ragan mushaklar.
Burun mushagi
(m. nasalis) ustki jag‘ suyagining qoziq va la-
teral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanadi. Yuqoriga ko‘tari-
lib, burun qanotini aylanib o‘tib, qarama-qarshi tomondagi mu-
shak payiga va
 
burun qanoti terisiga birikadi.
Faoliyati: burun teshigini toraytiradi.
Burun to‘sig‘ini pastga tortuvchi mushak
(m. depressor sep-
ti nasi) ustki jag‘ suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan 
boshlanib, burun to‘sig‘i tog‘ayiga birikadi.
Faoliyati: burun to‘sig‘ini pastga tortadi.
Og‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar.
Og‘izning aylanma mushagi 
(m. orbicularis oris) ustki va past-
ki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo‘nalishi turlicha bo‘lgan 
ikki qism dan iborat. Labga tegishli qismi
 
ustki va pastki lablar 
ichida joylashib, tolalari og‘iz burchaklari sohasida o‘zaro birika-
di. Chetdagi qismi
 
ustki va pastki lablarga keluvchi og‘iz tirqishi 
yaqi nida joylash gan mimika mushaklari tolalaridan iborat.
Faoliyati: og‘iz tirqishini yumadi, so‘rish va chaynash jarayon-
larida ishtirok etadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin