Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

YALLIG‘LANISH
Yallig‘lanish haqida umumiy ma’lumot
Yallig‘lanish – organizmning to‘qimalarda kasallik tug‘diruvchi 
ta’sirotlar ta’siriga javoban vujudga keladigan reaksiyalaridan biri.
Yallig‘lanish hamma vaqt kasallik tug‘diruvchi agent ta’sir 
etgan joyda hosil bo‘ladigan mahalliy reaksiyadir. Bu murak-
kab reflektor reaksiya bo‘lib, unda to‘qimalarning shikastlanishi, 
moddalar almashinuvining buzilishi, giperimiya va qon hujayra-
larining tomirdan chiqishi, shish ko‘rinishidagi tomirlar reaksiya-
si, fagositoz, yallig‘lanish o‘chog‘ini sog‘lom to‘qimadan chega-
ralab turadigan biriktiruvchi to‘qima hujayralarining ko‘payishi 
yuz beradi. Bu o‘zgarishlar yallig‘lanish jarayonining turli shakl-
larida bir xilda ifodalanmasligi mumkin. Bir xil shakl lar da to‘qi-
malarning kuchli shikastlanishi yuz berishi, ekssudatsiya va proli-
feratsiya kuchsiz ifodalangan, boshqalarida esa bu jarayonlar nis-
bati bosh qacharoq bo‘lishi mumkin.
Yallig‘lanishga to‘qimalarning shikastlanishi bilan o‘tadigan 
patologik jarayon sifatida emas, balki to‘qimalarning tiklanishi-
ga olib keladigan hamda organizmning sog‘ayishiga imkon beradi-
gan kim yoviy reaksiya sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda bu-
ni shunday ifodalash mum kin: yallig‘lanish kimyoviy reaksiyadir, 
ammo orga nizm uchun zararli mohiyatga ega bo‘lib, o‘zining ak-
siga o‘tib ketishi mumkin.
Yallig‘lanish ko‘pchilik kasalliklar uchun xarakterlidir va 
uning joylashish o‘chog‘i yoki jarayonning xususiyatlari turli ka-
salliklarning xarakterli belgilarini belgilab beradi. Yallig‘lanishda 
kuzatiladigan o‘zgarishlar aniq klinik belgilarni paydo qiladi: qi-
zarish, bo‘rtish, haroratning ko‘tarilishi, og‘riq va funksiyaning 
buzilishi.
Yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan sabablar juda xilma-xildir. 
Bularga organizmga tashqaridan tushuvchi infeksion agentlar–pa-
togen mik roorganizmlar, ularning toksinlari, parazit hayvonlar va 
ular ajratadigan moddalar, turli fizikaviy hamda kimyoviy ta’si-
rotlar, shuningdek, orga nizmning o‘zida hosil bo‘ladigan zarar-
li moddalar kiradi. Ammo yallig‘lanishning turli turlarida uning 
hosil bo‘lishi, xarakteri, kechishi va oqibati uchun organizmning 
reaktivligi yetakchi ahamiyatga ega.


43
Organizmning sezuvchanligi yuqori bo‘lganida kuzatiladigan 
jadal boruvchi yallig‘lanish reaksiyalari giperergik, kuchsiz reak-
tivlikda ro‘y beradigan reaksiyalar anergik, gipoergik reaksiyalar 
deb ataladi. Yallig‘lanishning kuchsiz bo‘lishi yoki reaksiyalar-
ning butunlay bo‘lmasligi bilan xarakterlanadigan anergetik ho-
lat ikki xil kelib chiqadi. Anergiya ba’zan organizmda mazkur 
agent ga nisbatan immunitet borligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa ho-
latlarda esa u organizm reaktivlik qobilyatini butunlay tushib ke-
tishi oqibati hisoblanadi. Normergik yallig‘lanish reaksiyasi orga-
nizmda oldindan sensibilizatsiya bo‘lmay turib yuz beradi: bu – 
organizm ning odatdagi reaksiyasidir.
Allergik yallig‘lanishlarning asosiy xususiyati shundan iborat-
ki, reaksiya o‘z surati va jadalligi bilan na o‘zi paydo bo‘lgan sha-
roitga to‘g‘ri keladi, balki u organizmning ma’lum ta’sirlarga bo‘l-
gan sezuv chanligiga bog‘liqdir.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin