48
O‘smalar turli-tuman tuzilishga ega,
ammo umuman olgan-
da, o‘sma o‘zi kelib chiqqan to‘qimani u yoki bu darajada es-
latib turadi. Har bir o‘smada parenhima, ya’ni o‘smaning o‘z,
spetsifik to‘qimasini va tomirlar hamda nervlari bo‘lgan birik-
tiruvchi to‘qima elementlarini tafovut qilish mumkin. O‘sma-
ning mo‘tadil to‘qimadan farqi, o‘smada parenhima
bilan bi-
riktiruvchi to‘qima elementlarining noto‘g‘ri nisbatda bo‘lishida,
o‘smaning tuzilish atipizmasidadir. To‘qima
va hujayra atipizma-
si tafovut etiladi. To‘qima atepizmasi o‘sma tarkibiy elementla-
rining noto‘g‘ri nisbatida namoyon bo‘ladi. Har bir normal a’zo-
ning istalgan to‘qimasi muayyan tuzilishga ega: bezlar bo‘lakcha-
lardan tuzilgan, har bir bo‘lakchadan bir-biri bilan qo‘shilib ke-
tadigan va umumiy chiqaruv nayini hosil qiladigan bez naychala-
ri boshlanadi, mushaklar ma’lum yo‘nalishda
boradigan va paylar
bilan birikadigan mushak tutamlariga birlashgan tolalar guruhi-
dan tuzilgan: qon tomirlar har bir a’zo uchun xarakterli bo‘lgan
aniq tuzilgan to‘rni hosil qiladi.
Hujayra atipizmi o‘sma parenximasining hujayralariga taalluq-
li bo‘lib, hujayralar, ayniqsa, yadrolarning o‘lchami va shakllari-
ning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. O‘smaning
hujayralari va ya-
drolari shakli va o‘lchami bo‘yicha haddan tashqari turlicha – po-
limorf bo‘ ladi. Ko‘pincha, o‘sma hujayralarida oqsil donalari, yog‘
tomchilari, glikogen va hokazo ko‘rinishidagi turli-tuman kiritma-
lar topiladi.
Dostları ilə paylaş: