46
makro faglar yoki gistiositlar deb ataladi. Shunday qilib, fagosi-
tozlarning bir qismi emirgatsiya mahsulotlari bo‘lmay, balki o‘z
joyida hosil bo‘ladi.
Yallig‘lanish vaqtida biriktiruvchi to‘qima hujayralari ham
ko‘ payadi, ammo fagositozda qatnashmaydi. Ularning ko‘payishi
biriktiruvchi tolali tarkibning hosil bo‘lishi bilan birga bora-
di. Bularning hammasi tomirlarning o‘sishi
bilan birgalikda
yallig‘lanish dan so‘ng yuz beruvchi to‘qimalarning tiklanish ja-
rayoni, ya’ni regeneratsiyaning asosini tashkil qiladi. Yangidan
hosil bo‘lgan yosh, tomir larga boy granulyatsion to‘qima o‘sa bo-
rib, asta-sekin yallig‘lanish o‘chog‘i bilan sog‘lom to‘qima o‘rta-
sida to‘siq hosil qiladi, so‘ngra o‘lgan to‘qima o‘rnini egallab,
hosil bo‘lgan kamchilikni to‘ldiradi. Yallig‘lanish vaqtida mazkur
to‘qimaning spetsifik hujayra elementlari ko‘payishini
ham kuza-
tish mumkin. Ammo bu ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Yallig‘lanish jarayonlarini ifodalash
Yallig‘lanish jarayonini ifodalovchi atamalarni, yallig‘la-
nish mav jud bo‘lgan a’zoning lotincha yoki grekcha nomiga «it»
qo‘shimchasini qo‘shib tuzish qabul qilingan. Masalan, plevraning
yallig‘lanishi – plev rit, buyrakning yallig‘lanishi – nefrit, chuval-
changsimon o‘sim taning yallig‘lanishi – appendisit va hokazo.
Organizmning tashqi qavati yallig‘langanda, uning yallig‘lani-
shini ifodalovchi terminga «peri»
yuklamasi, a’zoni o‘rab olgan bi-
riktiruvchi to‘qimaga yallig‘langanda «para» yuklamasi qo‘shiladi.
Chunonchi, taloq kapsulasining yallig‘lanishida perisplenit, buyrak
atrofidagi kletchatkaning yallig‘lanishida – paranefrit haqida gap
boradi.
Ba’zi a’zolarning yallig‘lanishi maxsus nomga ega. Masalan,
tomoq ning yallig‘lanishi – angina, o‘pkaning yallig‘lanishi –
pnevmoniya. Organizm bo‘shliqlarining yallig‘lanib,
ularda yi-
ring to‘planishi empiema, soch follikulasining atrofidagi moy
bezi bilan birga yallig‘lanishi – furunkul, chipqon deb, furu-
nkullarning bir-biriga qo‘shilib ketgan guruhi – karbunkul deb
ataladi. Kletchatkaning yiringli diffuz yallig‘lanishi
flegmona,
yiring li chegaralangan bo‘shliq hosil bo‘lishi – abssess, fasod
modda deb yuritiladi.
Turli xil sifatlar yallig‘lanish xarakteri yoki patogenizini aniq-
47
lash ga yordam beradi. Masalan, yiringli nefrit, ekssudatsiv plev-
rit, kazeoz pnev moniya,
metastatik abssess, sil meningiti, gipo-
statik pnev moniya va hokazo.
Dostları ilə paylaş: