Anatomiya 2014. indd


Buzilgan funksiyalarni tiklanish mexanizmlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Buzilgan funksiyalarni tiklanish mexanizmlari
Kasallikni oldini olish va bemorlarni davolashdagi muvaf-
faqiyat sog‘ayish mexanizmlarini to‘la-to‘kis ochish, shu mexa-
nizmlar faoliyatini kuchaytirish va kasallikni paydo qiladigan 
agentlarni bartaraf etishga bog‘liqdir.
Kasallik ko‘rinishida bir-biri bilan bog‘langan patologik o‘zga-
rishlar va himoya reaksiyalarini tafovut qilmoq zarur. Organizm-
ning barcha himoya funksiyalari nerv tizimi tomonidan idora qi-


58
linadi. Ba’zi hollarda bu ta’sirlanishga nisbatan reflektor javob, 
boshqalarda esa ancha murakkab kompleks reaksiyadir.
Funksiyalar kompensatsiyasi
Kasallikda tuzimlarning mo‘tadil funksiyalari buziladi. 
Ko‘pincha, a’zolarning ayrim qismlari yoki hammasi o‘ladi. Ka-
sallik davridayoq organizmda buzilgan funksiyalarning kompen-
satsiyasi vujudga keladi, ammo bu jarayonlar sog‘ayish davrida 
to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Organizmning ishdan chiqqan qis-
mini faoliyatini boshqalari yordamida o‘rnini qoplashga mosla-
shadi. Bu reaksiyalar kompensator mexanizmlar bilan cham-
barchas bog‘langandirki, ularni bir-biridan ajratish birmuncha 
sun’iy bo‘lib qoladi. Kompensator mexanizmlar juda ham xilma-
xildir. Kompensatsiyaga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Masalan, har ikkala buyrakning ajratish funksiyasi buzilgan-
da kompensatsiya ichak shilliq pardasi, ter bezlari, o‘pka orqa-
li shlaklar chiqarilishi hisobiga amalga oshishi mumkin. Pato-
logik jarayon tufayli bir buyrak yemirilganda (masalan: sil, gid-
ronefroz va h.k.) ikkinchi buyrak o‘z ishini kuchaytirib, ortiq-
cha ishni to‘la bajarishi mumkin. Bir o‘pka patologik jarayon bi-
lan shikastlanishida (sil, rak) yoki uni jarohatlanishi tufayli olib 
tash langanda, ikkinchi o‘pka organizm uchun yetarli miqdordagi 
kislorodni kirishini va karbonat angidridning chiqishini ta’min-
laydi. Mayda qon tomirlari tiqilib qolganda qon aylanishi kol-
laterallar orqali tiklanadi. Uzoq vaqt katta kuch bilan ishlagan-
da yurak mushagi tolalarining hajmi kattalashadi (gipertrofiya) 
va ancha baquvvat bo‘lib qoladi. Hajm va funksional qobilyat-
ning shunga o‘xshash ortishi oyoq-qo‘llarda, bezlarda ham ku-
zatiladi. Funksiyalar kompensatsiyasi to‘la va qisman bo‘lishi 
mum kin. Ba’zan kompensatsiya odatdagi ish faoliyatida deyarli 
yetar li bo‘lsa-da, ammo ular kuchayganda yetarli bo‘lmay qola-
di. Chunonchi, yurak klapanlarining nuqsonida bemor o‘z ahvo-
liga hech qanday buzilishlar sezmasa ham, to‘la kompensatsiya 
ta’siroti tug‘i lishi mum kin. Ammo og‘ir jismoniy ish vaqtida esa 
uning yuragi qon aylanishini kerakli darajada kuchaytira olmay-
di. Natijada kompensatsiya to‘la bo‘lmaydi va qon aylanishi bu-
ziladi. Ba’zan kompen sa tsiya faqat vaqtincha bo‘ladi. Masalan, 
xafaqon kasalligi bilan og‘rigan shaxslarda qon bosimi ortgandan 
ortib ketaverganda yurak haj mi kattalashadi – gipertrofiyalanadi. 


59
Bu davrda gipertrofiyalangan yurak zo‘r berib ishlab tomir larda 
qon oqishining o‘zgargan sharoiti ni kompensatsiya qiladi. Natija-
da yurak mushaklari cho‘zilib qoladi va uning qisqarish kuchi ka-
mayadi, shundan keyin esa qon aylanishining buzilishi – dekom-
pensatsiya ro‘y beradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin