Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Krupoz pnevmoniya
– o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uning 
eng asosiy xususiyati o‘pkaning yaxlit bir bo‘lagini yoki birne-
cha bo‘ laklarini bo‘lak pnevmoniyasini qamrab oluvchi yal-
lig‘lanish jarayonining o‘pkada tarqalishidir. Krupoz pnev-
moniya bilan kasallanish uchun sog‘lom organizmga faqat 
qo‘zg‘atuvchining ta’sirigina kifoya qilmay, balki qo‘zg‘atuv-
chiga nisbatan ortiqcha sezuvchanlikni keltirib chiqaruvchi ya-
na qandaydir bir faktor bo‘lishi shart. Krupoz pnevmoniya, 
ko‘pincha, o‘rta yashar odamlarda uchraydi. U keskin boshla-
nishi, o‘pkada ma’lum o‘zgarishlar sikliga va haroratining 7–9 
kunida kritik pasayishiga ega bo‘ladi. O‘pkadagi o‘zgarishlar-
ning to‘rt bosqichi tafovut qiladi:
1. Quyilish bosqichi kasallikning boshlanishiga va o‘pkaning 
shikastlangan bo‘lagiga qonni quyilib kelishi–uning to‘laqonli-
giga to‘g‘ri keladi. Tomirlardan ko‘plab eritrositlarning diapede-
zi yuz beradi, oqibat natijada balg‘am qo‘ng‘ir-qizil zang rangini 
oladi. 2–3 sutkada ikkincha bosqich boshlanadi.
2. Qizil jigarlanish bosqichida alveolalardagi ekssudatga ken-
gaygan tomirlardan chiqqan eritrositlar bilan aralashib fibrin 
probka hosil bo‘ladi. Shikastlangan bo‘lak qizil, qattiq, xuddi ji-
gar konsistensiyasiga o‘x shash bo‘lib qoladi. Kasallikning 4–6 
kunida navbatdagi bosqich boshlanadi.
3. Kulrang jigarlanish bosqichida alveola-
larda to‘plangan fibrin probkalar barcha al-
veolalarni ber kitib qo‘yadi va qon tomirlari-
ni ezadi.
4. Hal bo‘lish bosqichida leykositlar halo-
kati vaqtida ajraluvchi proteolitik fermentlar 
ta’sirida qattiq fibrinoz ekssudatning erishi va 
uning so‘rilishi ro‘y beradi.
Bronxopnevmoniya. 
Bronxopnevmoniya ter-
mini o‘pka to‘qimasining kelib chiqishi turlicha 
bo‘l gan yallig‘lanishlarni birlashtiradi. Bronxo-
pnevmoniya, ko‘pincha, operatsiyadan keyingi 
davrda rivojlanadi. Bronxopnevmoniyada ham-
ma dan ko‘proq o‘pkaning orqa bo‘limlari shi-

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin