Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezi
(glandula suprarenalis)
 
juft a’zo bo‘lib, qorin-
parda orqa bo‘shlig‘ida, buyraklarning yuqori uchida joylash gan. 
U uchburchak, yarim oysimon, ispan shlyapasi shakllarida uchray-
di. Bezning uchta: oldingi,
 
orqa
 
va buyrakka qaragan
 
yuza si tafo-
vut qilinadi. Buyrak usti bezlari XI–XII ko‘krak umurtqalari so-
hasida turadi. O‘ng buyrak usti bezi chapiga nisbatan pastroq tu-
radi. Buyrak usti bezining uzunligi 40–60 mm, baland ligi 20–30 
mm, qalinligi 2–8 mm. Ikkala buyrak usti bezining og‘irligi 12–
13 g. Buyrak usti bezining usti silliq bo‘lmay, uning oldingi yuza-
sida egat-darvozasi joylashgan. Bez tashqi tomondan fibroz g‘i lof 
bilan o‘ralgan, undan a’zo ichiga biriktiruvchi to‘qimali trabeku-
lalar kiradi. Fibroz kapsulaning ostida bezning sarg‘imtir po‘stloq 
moddasi, uning o‘rtasida esa qoramtir mag‘iz modda
 
joylashgan. 
Buyrak usti bezining po‘stloq moddasi uch: tashqi koptokchali, 
o‘rta dastali va ichki to‘r qavatga bo‘linadi. Buyrak usti bezining 
po‘stloq moddasi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kor-
tikosteroid gormonlar ishlab chiqaradi.
Po‘stloqning koptokchali qavati ishlab chiqargan mineralo-
korti koid lar (aldosteron)
 
mineral va suv almashinuvini boshqa-
radi. U Na
+
va K
+
almashinuvini boshqarib 
asosan buyrakka ta’sir qiladi. Al dosteron ne-
149-rasm. Chaqaloqning buyragi va
buyrak usti bezi:
1–o‘ng buyrak usti bezi; 2–o‘ng buyrak; 3–chap 
buyrak; 4–buyrak bo‘lagi; 5–chap buyrak usti bezi.


335
fron naychalarida Na
+
va suvni birlamchi siydikdan qayta so‘ri-
lishini kuchaytirib, uni organizmda ushlab qoladi va K
+
ni ajra-
lishini kuchaytiradi. Bu gormon ko‘payib ketsa, qonda Na
+
kon-
sentratsiyasi oshadi, qonning osmatik bosimi oshib, organizmda 
suv to‘planadi va arterial bosim ko‘tariladi.
Bu gormon yetishmaganda qonda va to‘qimalarda Na

miq-
dori kamayib, K
+
miqdori ko‘payadi. Buning natijasida to‘qima 
suyuqligi ko‘p yo‘qotiladi va organizm suvsizlanadi.
Dastali qavat ishlab chiqargan glu 
kokortikoidlar (gidro-
kortizon, kortiko s teron) uglevod, oqsil va yog‘lar al ma shi nuviga 
ta’sir qiladi. Ular oqsillar va glukozadan glikogen hosil bo‘ li shini 
kuchaytiradi va glikogenni mu shaklarda top lanishini ta’min lab, 
ish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga, qonda qand miqdo-
ri oshadi. Glukokortikoidlar yog‘larni yog‘ depolarida to‘plab, 
ularni energiya almashinuvida ish 
tirokini kuchaytiradi. Ular 
ta’sirida oqsil moddalar parchalanishida hosil bo‘lgan moddalar-
dan uglevodlar hosil bo‘ladi. Glukokortikoid lar yallig‘lanishga 
va allergiyaga qarshi kuchli ta’sirga ega.
To‘r qavat hujayralari androgenlar ishlab chiqaradi. Ular bo-
lalik dav rida jinsiy bezlarning ichki sekretsiya faoliyati kam rivoj-
langan vaqtda skelet, mushaklar va ikkilamchi jinsiy belgilarning 
o‘sishida katta ahamiyatga ega.
Buyrak usti bezining mag‘iz moddasi yirik hujayralardan tash-
kil topgan. Unda ikki xil hujayralar: epinefrositlar mag‘iz modda-
sining asosini tashkil qilib, adrenalin gormonini ishlab chiqaradi. 
Norepenefrositlar uncha katta bo‘lmagan guruhlar shaklida joy-
lashib noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Adrenalin yurak-
qon tomirlar tizimiga ta’sir qilib, yurak qisqarishi kuchini va tez-
ligini oshiradi, yurak mushaklarining qo‘zg‘alishini va o‘tkazuv-
chanligini oshiradi. Teri va ichki a’zolarning mayda arteriyalarini 
toraytirib, arterial bosimni ko‘taradi. U oshqozon va ichak mu-
shaklari qisqarishini pasaytirib, bronx mushaklarini bo‘shashtiradi, 
qorachiqni kengaytirib, charchagan mushaklar ishlash qobiliyatini 
tiklaydi. Bundan tashqari, adrenalin ta’sirida jigarda glikogenning 
parchalanishi kuchayib qonda qand miqdori oshadi.
Noradrenalin qon tomirlar tonusini oshirib, arterial bosimni 
ko‘ ta radi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin