Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qon guruhlari
Qon guruhi
Agglyutinogen
Agglyutinin
0 (I)
Yo‘q
α
va 
β
A (II)
A
β
B (III)
B
α
AB (IV)
AB
Yo‘q
0 (I) guruh qon eritrositlarida agglyutinogen yo‘q, qon plaz-
masida esa 
α
va 
β
agglyutininlar uchraydi.
A (II) guruh qon eritrositlarida A agglyutinogeni, qon plaz-
masida esa 
β
agglyutinini bo‘ladi.
B (III) guruh qon eritrositlarida B agglyutinogeni, qon plaz-
masida esa 
α
agglyutinini bo‘ladi.
AB (IV) guruh qon eritrositlarida A va B agglyutinogenlari 
bo‘ladi, plazmada esa agglyutininlar bo‘lmaydi.
Bir odamning qonini boshqa odamga qon guruhini hisobga 
olgan taq dirda qiyish mumkin. Qon beruvchi odam donor, qon 
oluv chi odam restipiyent deb ataladi. Qon quyishdan avval donor-
ni va restipiyentni qon guruhlari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda faqat 
bir guruhdagi qonni quyishga o‘tilgan. Ya’ni I guruh qonni I gu-
ruh qonli odamlarga, II guruh qonni – II guruhga, III guruh qon-
ni – III guruhga va IV guruhni – IV guruhga quyish mumkin.
Rezus-faktor. 
Eritrositlarda asosiy agglyutinogenlardan tashqa-
ri, birin chi marta makakus rezus maymuni qonida topilgan yana 
bir omil rezus-faktor bor. U 85 %ga yaqin odam qonida uchray-
di va bunday qon rezus-musbat (Rh
+
) qon deyiladi. Rezus-faktor 
bo‘lmagan qon rezus-manfiy (Rh

) qon deyiladi. Bunday qon-
ga ega odamda antirezus-agglyutinin bo‘lmaydi. Agar rezus-man-
fiy qoni bo‘lgan odamga rezus-musbat qon quyilsa, rezus-manfiy 
odam qonida antirezus agglyutinin hosil bo‘ladi. Shu rezus-man-
fiy qonli odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, Rh
+
musbat eritrositlar antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutinatsiyaga 
va gemolizga uchrab, gemotrasfuzion shok kelib chiqadi.
Rezus-faktor homiladorlikning kechishida alohida ahamiyat-
ga ega. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador 
bo‘lsa, homilaga rezus-faktor otasidan o‘tishi mumkin va rezus-
musbat bo‘lishi mumkin. Homila eritrositlaridagi rezus-faktor 
yo‘ldosh orqali ona qoniga o‘tib, unda antirezus-agglyutinin pay-


345
do qiladi. Immunizatsiya sekin o‘tgani uchun, birinch bola yaxshi 
tug‘ilishi mumkin. Qayta homiladorlik ro‘y bersa, ona qonida-
gi antirezus-agglyutininlar yo‘ldosh orqali homila qoniga o‘tadi 
va homila eritrositlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. 
Agar antirezus-agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, bu ja-
rayon kuchayib ketib, homila halokatga uchrashi mumkin. Rezus 
mos kelmaslik uncha kuchli bo‘lmasa, bola gemolitik sariqlik bi-
lan tug‘iladi. Bunday holatda bolaning qonini to‘liq almashtirish 
kerak bo‘ladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin