Eritrositlarning cho‘kish tezligi (EChT).
Mo‘tadil holatda
qon beto‘xtov aylangani uchun eritrositlar plazmada muallaq
holat da bo‘ladi. Qon tomirdan chiqarilgan qonni silindrga solib
qo‘ysak, ma’ lum vaqtdan keyin eritrositlar cho‘kadi. Bu jarayon
tarkibida temir bo‘lgan eritrositlarning nisbiy zichligi (1,090) qon
plazmasining zich ligidan (1,020) kattaligidandir. Eritrositlarning
cho‘kish tezligi erkaklarda – 5–7 mm/s, ayollarda – 8–12 mm/s.
Eritrositlarni cho‘ kish tez ligi homilador ayollarda tezlashib – 25
mm/s gacha boradi. Eritrositlarni cho‘kish tezligi kasalliklar va
yallig‘lanish jarayonlarida kattalashadi.
343
Gemoliz.
Eritrositlarning qobig‘ini buzilib, gemoglabinni at-
rof dagi suyuqlikka chiqishi gemoliz deyiladi. Gemolizga uchra-
gan qon eritrositlarning buzilishi natijasida tiniq bo‘lib qoladi.
Gemolizni osmatik, kimyoviy, biologik va mexanik turlari tafo-
vut qilinadi.
Osmatik gemoliz gipotonik suyuqlikda ro‘y beradi. Bun-
da suyuq likning osmatik bosimi eritrositlarnikidan kam bo‘lgani
uchun suv eritro sitga kuradi va u shishib, bosimi oshishi natijasi-
da yoriladi.
Kimyoviy gemoliz kimyoviy moddalar: benzin, efir, xloroform,
ammiak ta’siri ostida ro‘y beradi. Bu moddalar yog‘ erituvchilar
bo‘ lib, eritrositlar qobig‘ini eritadi.
Biologik gemoliz biologik gemolizinlar ta’siri ostida (ilon, ari
va cha yon) chaqishi natijasida ro‘y beradi. Organizmda gemoli-
tik bakteriyalar, gijjalar, shuningdek, guruhi mos kelmagan qon
quyilishi ham gemoliz chaqirishi mumkin. Oxirgi holatda eritro-
sitlar dastlab agglyutinatsiyaga uchrab (bir-biriga yopishib), keyin
buziladi.
Mexanik gemoliz qonni chayqatganida bo‘lishi mumkin. Ge-
molizga uchragan qonni quyib bo‘lmaydi.
Qon guruhlari.
Qadimgi davrlarda shifokorlar odamdan
odamga qon quyishga harakat qilganlar. Bu urinishlar ko‘pincha
o‘lim bilan tugagan. Qonni aralashtirganda bo‘ladigan hodisalar-
ni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir odamning eritrositlari boshqa
odam plazmasiga kiritilganida bir-biriga yopishib (agglyutinat-
siya), g‘uj bo‘lib qoladi va qonni aralashtirganda yo‘qolmaydi.
Eritrositlar agglyutinsiyasi va keyinchalik ro‘y beradigan gemoliz
natijasida og‘ir holat – gemotrasfuzion shok kelib chiqadi.
Bu holatlarni o‘rganish qonda alohida oqsil moddalar: eri-
trositlarda agglyutinogenlar, plazmada esa – agglyutininlar bor-
ligi aniq landi. Eritrositlarda ikki xil: A va B agglyutinogeni, qon
plazmasida esa ikki xil: grekcha
α
va
β
harflari bilan belgilanuv-
chi agglyutinin bo‘lishi mumkin. Agar bir nomli agglyutinin va
agglyutinogen
α
va A,
β
va B uchrashsa, agglyutinatsiya va ge-
moliz bo‘ladi.
Qonda u yoki bu agglyutinogen va agglyutininlarni bo‘lishiga
qarab odamlarni qoni to‘rt guruhga bo‘linadi (jadval).
|