Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari
ma’lum
agglyutininlar
saq lovchi standart sivorotkalar yordamida aniqlanadi. Likopchaga
bir tomchidan (aralashtirmasdan!) tarkibida tegishli agglyutininlar
α
va
β
,
β
,
α
bo‘lgan I, II va III guruh qonning standart sivorotkasi
tomiziladi. Ularga tayoqcha bilan bir tomchidan tekshirilayotgan
qon tomiziladi. Sivorotkada agglyutinatsiya – eritrositlarning bir-
biriga yopi shib qolishi ro‘y berishi eritrositlarda bir nomdagi ag-
glyutenogen borligini ko‘rsatadi. Masalan: agar agglyutinatsiya
β
agglyutinin saq lovchi II guruh qon sivorotkasida bo‘lsa, tekshiri-
layotgan qon eritrositlarida agglyutenogen B bo‘lib, agglyutinogen
A bo‘lmaydi. III guruh qoni ham shunday xususiyatga ega.
Qon guruhlarini ikkita: II va III guruh sivorotkalari bilan
aniq lash mumkin; I guruh sivorotkasi nazorat uchun olinadi.
Qon ning guruh xususiyatlari nasldan naslga o‘tadi va umr bo‘yi
o‘zgar maydi. Eng yaxshi natija bir xil guruh qonni quyilganda
bo‘ladi.
Rezus-faktorni albuminli ekspress usul bilan aniqlash uchun
standart antirezus sivorotkadan foydalaniladi. Bu sivorotka qonda-
gi antirezus-antitela rezus musbat qonni qayta quyish yoki homi-
ladorlik bilan chaqirilgan rezus-manfiy odamlar qonidan tayyor-
lanadi.
Likopchaga bir tomchidan standart va nazorat sivorotkalar joy-
lashtiriladi. Nazorat uchun albumin bilan suyultirilgan, tarkibida
rezus-antitela bo‘lmagan AB (IV) guruh qoni sivoratkasi olinadi.
Sivorotkalarga barmoqdan olingan qon qo‘shiladi va aralashtirila-
di. So‘ngra likopchani 3–4 daqiqa chayqatiladi va bir tomchi nat-
riy xloridning izotonik eritmasidan qo‘shiladi. Sivorotkada agglyu-
tinatsiya bo‘lsa – qon rezus-musbat (Rh
+
), agglyutinatsiya bo‘l-
masa – rezus-manfiy (Rh
–
) qon bo‘ladi.