Anatomiya 2014. indd


Beshinchi katta chap bo‘lmacha va  chap qorinchalar orasidagi teshik



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya


Beshinchi katta chap bo‘lmacha va 
chap qorinchalar orasidagi teshik
 
chap bo‘lmachani chap qorin-
chaga qo‘shib turadi. Chap bo‘lmachaning devori ichki tomondan 
silliq bo‘ladi.
Chap qorincha
 
asosi yuqoriga qaragan konus shaklda. Uning 
yuqo ri keng qismining o‘ng tomonida aorta teshigi
 
chap tomoni-
da chap bo‘lmacha va chap qorinchalar orasidagi teshik joylash-
gan. Unda ikki tabaqali (mitral) to‘sqich
 
joylashgan. Chap qo-
rinchaning ichida ko‘p sonli mu shak trabekulalari va ikkita: ol-
dingi va orqa so‘rg‘ichsimon mushaklar bor. Ularning mushak 
payining to‘ri to‘sqich tabaqalarini erkin chekkasiga birikadi. 
Aorta teshigi
 
sohasi da qorinchaning ichki yuzasi silliq bo‘ladi. 
Aortaning boshlanish joyida aylana bo‘ylab uchta yarim oysi-
mon to‘sqich joylashgan. To‘sqichlar va aorta devori o‘rtasida 
bo‘shliq bor. Aorta to‘sqichi tabaqa lari o‘pka poyasinikiga nis-
batan qalin va tugunlari kattaroq bo‘ladi.
Yurak devori uch qavatdan iborat. Ichki yupqa endokard yu-
rakni ichki tomondan qoplaydi. Yurak qopqoqlari, pastki ka-
vak vena va toj sinus burmalari endokard duplikaturasidan hosil 
bo‘lib, o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima joylashgan.
O‘rta qavat miokard (154-rasm) yurakning ko‘ndalang-targ‘il 
mu shagidan tuzilgan bo‘lib, ularning qisqarishi odam ixtiyori-
dan tash qariligi bilan skelet mushaklaridan ajralib turadi. Bu mu-
shak hujayralarining o‘zaklari markazda joylashgan bo‘lib, o‘zaro 
sinsistiy lar hosil qilgan holda birikib mushak to‘rini hosil qiladi. 
Bo‘lmacha va qorinchalar miokardi o‘zaro tutashmagan.
Ular o‘ng va chap bo‘lmacha va qorin-
chalar orasidagi teshikni o‘ragan o‘ng va chap 
fib roz halqalardan boshlanadi.
154-rasm. Yurak miokardining qavatlari:
1–o‘ng o‘pka venalari; 2–chap bo‘lmacha; 3–chap 
o‘pka venalari; 4–chap quloqcha; 5, 10–chap qorin-
chaning o‘rta halqasimon qavati; 6–chap qorincha; 
7–chap qorinchaning tashqi qiyshiq qavati; 8–yurak 
girdobi; 9–miokardning chuqur bo‘ylama qavati;
11–o‘pka poyasi to‘sig‘i; 12–aorta to‘sig‘i;
13–yuqorigi kavak vena.


358
Bo‘lamachalar miokardi ikki: 1. Yuza qavati ikkala bo‘lmacha 
uchun umumiy ko‘ndalang tolalardan iborat. 2. Chuqur qavati 
har bir bo‘lmacha uchun alohida, bo‘ylama yo‘nalishdagi mushak 
tolalaridan iborat. Bo‘ylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, 
aylanma tolalar bo‘lmachaga quyilgan venalarni o‘rab turadi.
Qorinchalar miokardi turli yo‘nalishdagi uch qavatdan ibo-
rat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak 
uchida yurak girdobini
 
hosil qilib, ichki bo‘ylama qavatga o‘tib 
ketadi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar va mushak trabekulalari shu qa-
vat mushaklari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu ikkala qavat qorinchalar 
uchun umumiy. Ular o‘rtasida joylashgan aylanma qavat esa qo-
rinchalar uchun alohida. Qorinchalararo to‘siq shu qavat mushak 
tutamlaridan iborat.
Yurak devorining tashqi qavati epikard
 
miokardni ustidan qop-
lab turuvchi yurak xaltasining visseral varag‘idan iborat. U yupqa 
biriktiruv chi to‘qima qatlami bo‘lib, mezoteliy bilan qoplangan. 
Epikard yurakka kiruv chi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomir-
larni o‘rab, perikardning parietal varag‘iga o‘tib ketadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin