Anatomiya 2014. indd


Kichik qon aylanish doirasi qon tomirlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kichik qon aylanish doirasi qon tomirlari
Kichik (o‘pka) qon aylanish doirasi o‘pka kapillyarlaridagi 
qon bilan o‘pka alveolalari o‘rtasida gaz almashinuvini ta’minlay-
di. Uning tarkibiga o‘ng qorinchadan boshlanuvchi o‘pka poyasi, 
o‘ng va chap o‘pka arteriyalari tarmoqlari bilan, o‘pkaning mikro-
sirkulyator oqimi va ulardan qon yig‘ib chap bo‘lmachaga quyiluv-
chi ikkita o‘ng va ikkita chap o‘pka venalari kiradi.
Katta qon aylanish doirasi qon tomirlari
Katta qon aylanish doirasi qon tomirlariga yurakning chap 
qorinchasidan boshlanuvchi aorta, undan chiqqan bosh, bo‘yin, 
tana, qo‘l va oyoq arteriyalari, ulaming tarmoqlari, a’zolarning 
mikrosirkulator tomirlari, mayda va yirik venalar, o‘ng bo‘lma-
chaga quyiluvchi yuqo ri va pastki kavak venalar kiradi.


367
Aorta
Aorta 
(aorta) 
katta qon aylanish doirasining eng katta toq ar-
teriya tomiridir. Unda uch: aortaning ko‘tariluvchi qismi, aorta 
ravog‘i va aortaning tushuvchi qismi tafovut qilinadi.
Aortaning ko‘tariluvchi qismi
 
chap qorinchadan to‘sh suyagi-
ning chap chekkasida uchinchi qovurg‘a oralig‘ida chiqadi. Bosh-
langan yerida u piyozga o‘xshab kengayib aorta so‘g‘onini ho-
sil qiladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismini uzunligi 6 sm atrofida. 
Bu sohada aorta devori bilan yarim oysimon qopqoqlar o‘rtasida 
aortaning uchta sinusi bo‘ladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismining 
boshlanish joyidan yurakning o‘ng va chap tojsimon arteriyala-
ri boshlanadi. Aortaning ko‘tariluvchi qismi o‘pka poyasining or-
qa qismidan ko‘tarilib II o‘ng qovurg‘a tog‘ayini to‘sh suyagiga 
qo‘shilgan joyida aorta ravog‘iga o‘tib ketadi. 
Aorta ravog‘i
 
II qovurg‘a tog‘ayi orqa yuzasidan chapga va or-
qa tomonga yo‘nalib, IV ko‘krak umurtqasi sohasida aortaning 
tushuvchi qismiga o‘tib ketadi. Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan yu-
zasidan uchta yirik arteriya: yelka-kalla poyasi, chap umumiy uy-
qu arteriyasi va chap o‘mrov osti arteriyasi boshlanadi. Uning bo-
tiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta 
mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning tushuvchi qismi
 
IV ko‘krak umurtqasi sohasidan 
bosh lanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yon-
bosh arteriyalariga bo‘linadi. Aortaning davomi esa ingichka dum-
g‘azaning o‘rta arteriyasiga aylanib, dumg‘azaning chanoq yuza-
sidan pastga tomon yo‘naladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin