Anatomiya 2014. indd


-rasm. Ko‘krak otvedeniyasiga



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

158-rasm. Ko‘krak otvedeniyasiga
elektrodlarni (1–6) qo‘yish va ulardan
olingan EKG egriliklari.
157-rasm. Elektrodlar-
ni standart otvedeniyalarda 
qo‘yish (I, II, III)
va ulardan olingan EKG 
egriliklari.


365
lar) deyiladi. P tishchasi bo‘lmachalar qo‘zg‘alishini ko‘rsatadi. 
Qo‘zg‘alish qorinchalar mushagiga yetib, unga tarqalganida 
QRS 
tish chalari hosil bo‘ladi. 
T
tishcasi qorinchalar qo‘zg‘alishining 
tugaganini ko‘rsatadi. Shunday qilib 
P
tishchasi EKGni bo‘lma-
cha qismini hosil qilsa, 
Q R S T
tishchalari majmuyi qorinchalar 
qismini hosil qiladi (159-rasm).
159-rasm. EKGni chizmasi: 1–bo‘lmachalarning qo‘zg‘alishi.
2–qorinchalarning qo‘zg‘alishi.
Tishchalarning balandligi:

= 0,05 mv;
 

= 1,6 mv; 

= 0,25 – 0,5 mv.
EKG yurak ritmini, yurakning o‘tkazuvchi tizimida qo‘zg‘alish-
ning o‘tkazishni buzilishini, ekstrasistoliya, ishemiya, yurak in-
farkti paydo bo‘lganida, qo‘zg‘alishning qo‘shimcha o‘choqlarini 
hosil bo‘lishini tek shirishda yordam beradi.
Yurak va qon tomirlarni innervatsiyasi
Yurak faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar 
bosh qaradi. Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devo-
ridagi retseptorlardan bosh va orqa miyadagi markazlarga boradi. 
Simpatik tolalar yurak qisqarishini tezlatuvchi va tojsimon arte-
riyalarni kengaytiruvchi impulslarni o‘tkazsa, parasimpatik tola-
lar yurak qisqarishini sekinlatib, tojsimon arteriyalarni toraytiruv-
chi impulslarni o‘tkazadi.
Yurakka boruvchi simpatik nerv tolalari simpatik poyaning 
bo‘yin qismidagi uchta simpatik tugunidan boshlanadigan yuqo-
rigi, o‘rta va pastki yurakka boruvchi bo‘yin nervlari va ko‘krak 
qismining II–V tugunidan chiquvchi yurakka boruvchi ko‘krak 
nervlaridan iborat.
Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi tolalar-
dan iborat. Bu nervlar yurakka to‘rt xil ta’sir qiladi: 1) qisqa-
rish tezligiga; 2) qisqarish kuchiga; 3) yurak bo‘ylab qo‘zg‘alishni 


366
o‘tkazishga; 4) yurak mushagini qo‘zg‘aluvchanligiga. Adashgan 
nerv yurak qisqarishi miqdori va kuchini kamaytirib, yurak mu-
shagini qo‘zg‘aluv chanligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Sim-
patik nervlar yurak qisqarishi miqdori va kuchini, qo‘zg‘aluvchan-
ligi va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shunday qilib, nervlar yurak 
ishini boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatib, uni o‘zgartiradi va qon ayla-
nishi kuchini organizm talabiga moslab turadi.
Qon tomirlar tonusi neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. 
Qon tomir lar markazlari uzunchoq va orqa miyada joylashgan 
ikki xil: qon tomirlarni toraytiruvchi va qon tomirlarni kengayti-
ruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Qon tomirlarni toray-
tiruvchi markazdan impuls lar ularni uzoq qisqargan holatda ush-
lab turuvchi qon tomirlar mu shaklariga beto‘xtov boradi. Qon 
tomirlarni toraytiruvchi nervlar simpatik nerv tizimiga taalluq-
li. Qon tomirlarni kengaytiruvchi markaz tomirlarga qon tomi-
rlarni toraytiruvchi markazni tormozlash orqali ta’sir ko‘satadi. 
Bunda qon tomirlarga impulslar oqimi kamayadi va ular ken-
gayadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga adrenalin, no-
radrenalin, vasopressin va serotonin kiradi. Qon tomirlarni ken-
gaytiruvchilarga metobolitlar-sut kislotasi va atsetilxolin media-
tori kiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin