Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ichki ko‘krak arteriyasi 
umurtqa arteriyasining qarshisidan 
bosh lanadi.
U to‘sh suyagining chekkasidan 1–1,5 sm tashqariroqda I-
VII qo vur g‘a tog‘ayi bo‘ylab pastga tushadi va VII qovurg‘aning 
pastki chekkasida diafragma mushaklarining arteriyasi va qorin 
devorining ustki arteriyasiga bo‘linadi. Ichki ko‘krak arteriyasi-
ning tarmoqlari ko‘krak va qorinning oldingi devori mushaklari-
ni, sut bezini, ayrisimon bezni, perikard va diafragmani qon bi-
lan ta’minlaydi.
O‘mrov osti arteriyasining ikkinchi qismidan qovurg‘a-bo‘yin 
poyasi
 
chiqadi. Bu arteriya narvonsimon mushaklar oralig‘idan 
bosh lanib, ikki shoxga: bo‘yinning chuqur arteriyasi va eng yuqo-
rigi qovurg‘alararo arteriyaga bo‘linadi. Bu arteriyalar bo‘yin va 
boshning yarim qirrali mu shagini va yuqorigi ikkita qovurg‘aaro 
soha mu shaklarini qon bilan ta’minlaydi.
O‘mrov osti arteriyasining uchinchi qismidan bo‘yinning ko‘n-
dalang arteriyasi chiqadi. U
 
oldingi narvonsimon mushakning la-
teral chekkasi sohasida boshlanib, kurakning o‘tkir qirrasini me-
dial uchi sohasida yuza va chuqur tarmoqqa bo‘linib orqa mu-
shaklari va terisini qon bilan ta’minlaydi.
Qo‘ltiq osti arteriyasi
(a. axillaris)
 
o‘mrov osti arteriyasi-
ning bevosita davomi (164-rasm) bo‘lib, qo‘ltiq osti chuqurcha-
163-rasm. O‘ng o‘mrov osti arteriyasi. Yon tomondan ko‘rinishi:
1–ichki uyqu arteriyasi; 2–tashqi uyqu arteriyasi; 3–bo‘yinning ko‘tari-
luvchi arteriyasi; 4–pastki qalqonsimon arteriya; 
5–bo‘yinning ko‘ndalang arteriyasi; 6–umumiy
uyqu arteriyasi; 7–qalqonsimon-bo‘yin poyasi; 
8–kurak usti arteriyasi; 9–o‘mrov osti arteriyasi; 
10–ichki ko‘krak arteriyasi; 11–birinchi qovurg‘a-
lararo orqa arteriya; 12–ikkinchi qovurg‘alararo 
orqa arteriya; 13–eng uyqorigi qovurg‘alararo ar-
teriya; 14–qovurg‘a-bo‘yin poyasi; 15–bo‘yinning 
chuqur arteriyasi; 16–umurtqa arteriyasi.


374
sida yelka chigali poyalari o‘rtasida joylashgan. Katta ko‘krak 
mu shagining past ki chekkasida u yelka arteriyasiga o‘tib ketadi. 
Qo‘ltiq osti arteriyasi uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Uning bi-
rinchi qismi ko‘krak-o‘mrov uchburchagi sohasida quyidagi tar-
moqlar chiqadi:
1. Ko‘krakning yuqorigi arteriyasi
 
tarmoqlari I–II qovurg‘a 
oralig‘iga yo‘nalib I va II qovurg‘alar oralig‘idagi mushaklarni, 
shuning dek, omrov osti, katta, kichik ko‘krak va oldingi tishsi-
mon mu shaklarni qon bilan ta’minlaydi. 2. Ko‘krak-kurak o‘sig‘i 
arteriyasi kichik ko‘krak mu shagining yuqori chekkasi sohasida 
boshlanadi va to‘rtta: kurak o‘sig‘iga yo‘naluvchi, o‘mrov, deltasi-
mon va ko‘krak tarmoqlariga bo‘linib kurak-o‘mrov bo‘g‘imi, qis-
man yelka bo‘g‘imi xaltasi o‘mrov suyagi va o‘mrov osti mushagi-
ni deltasimon, katta va kichik ko‘krak mushaklari ni, shiningdek, 
ularga tegishli soha terisini qon bilan ta’minlaydi.
Qo‘ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko‘krak uchburcha-
gi sohasida, undan ko‘krak qafasining lateral arteriyasi chiqib ol-
dingi tishsimon mushakni tashqi yuzasi bo‘ylab pastga yo‘naladi 
va uni qon bilan ta’minlaydi. Undan sut beziga yo‘naluvchi late-
ral tarmoq lar chiqadi.
Uchinchi qism ko‘krak osti uchburchagi sohasida quyidagi arte-
riyalar chiqadi:
1. Kurak osti arteriyasi qo‘ltiq osti arteriyasining eng yirik 
tar mog‘i bo‘lib ikkiga bo‘linadi: a) ko‘krak orqasining arteriya-
si
 
kurakning lateral chekkasi bo‘ylab yo‘nalib, oldingi tishsimon, 
kurak osti, katta yumaloq va orqaning serbar mushagini qon bi-
lan ta’minlaydi; b) ku rakni o‘rov chi arteriya uch tomonli teshik 
orqali kurakning orqa yuzasiga o‘tib, kurak qirrasi ustidagi, ku-
rak qirrasi ostidagi, kichik yuma loq mushaklarni va shu soha te-
risini qon bilan ta’minlaydi.
2. Yelka suyagini o‘rovchi oldingi arteriya yelka suyagining xi-
rurgik bo‘ynini oldidan aylanib o‘tib, yelka bo‘g‘imi va deltasi-
mon mu shakni qon bilan ta’minlaydi.
3. Yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya to‘rt tomonli teshik 
orqali kurakni orqa yuzasiga o‘tib, oldingi shu nomli arteriya bi-
lan anastomoz hosil qilib yelka bo‘g‘imini va uning atrofida joy-
lashgan mu shaklarni qon bilan ta’minlaydi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin