Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Umurtqa arteriyasi 
VII bo‘yin umurtqasi sohasida chiqib, VI 
bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang teshigiga kiradi. So‘ngra arteriya 
bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang teshiklari orqali yuqoriga yo‘na-
ladi. Atlantning ko‘ndalang teshigidan chiqib o‘z nomidagi egatda 
yotadi. Keyin arteriya orqa atlant-ensa pardasini teshib o‘tib, en-
sa suyagining katta teshigi orqali kalla ichiga kiradi. Ko‘prikning or-
qa chekkasida ikkala arteriya o‘zaro birikib bazillyar arteriyani ho-
sil qiladi. Bazilyar arteriya ko‘prikda o‘z nomidagi egatda yotadi va 
ko‘prikning oldingi chekkasida o‘ng va chap miyaning orqa arteriya-
lariga bo‘linadi. Miyaning orqa arteriyasi miya oyoqchasini aylanib 
o‘tib, bosh miyaning chakka va ensa bo‘laklari pastki yuzasini qon 
bilan ta’minlaydi.
Miyaning orqa arteriyasi ichki uyqu arteriyasining orqa qo‘-
shuv chi arteriyasi bilan qo‘shilib, arterial halqa hosil qilish-
da ishtirok etadi. Bundan tashqari bazilyar arteriya miyachani, 
ko‘prikni, o‘rta miyani va ichki quloqni qon bilan ta’minlash-
da istirok etadi. Umurt qa arteriyasining bo‘yin qismidan chiquv-
chi tarmoqlar orqa miyaning bo‘yin segmentlarini,
 
bo‘yinning 
chuqur mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. 
Umurtqa arteriyasining kalla ichi qismidan 
chiquv chi tarmoqlar orqa miya, uzunchoq 
miya va miyachani qon bilan ta’ minlaydi.
162-rasm. Bosh miyaning arterial halqasi:
1–markaziy oldingi lateral arteriyalar; 2–tomir-
li chigal pardaning oldingi arteriyasi; 3–bazilyar ar-
teriya; 4–miyaning orqa arteriyasi; 5–orqa qo‘shu-
vchi arteriya; 6–miyaning o‘rta arteriyasi; 7–ichki 
uyqu arteriyasi; 8–ko‘z arteriyasi; 9–miyaning ol-
dingi arteriyasi; 10–oldingi qo‘shuvchi arteriya.


373
2. 
Qalqonsimon-bo‘yin poyasi (
163-rasm)
 
oldingi narvon-
simon mushak medial chekkasidan boshlanib, uning uzunligi 
1,5 sm atrofi da bo‘lib, 4 ta tarmoqqa: pastki qalqonsimon ar-
teriyasi, bo‘yinning ko‘tariluvchi arteriyasi, kurak usti arteriya-
si va bo‘yinning yuza arteriyalariga bo‘linadi. Uning tarmoqla-
ri qalqonsimon bezni, hiqildoq mushaklari va shilliq pardasini, 
shuning dek, bo‘yin va kurak mu shaklarini qon bilan ta’minlaydi.
3. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin