Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Son arteriyasi
(a. femoralis)
 
tashqi yonbosh arteriyaning da-
vomi. U chov boylami ostidan son venasining lateral tomonidan 
o‘tadi. Son uchburchagi sohasida arteriya bevosita teri va fas siya 
ostida yotgani uchun uni pulsatsiyasini paypaslab bilish mum-
kin. Arteriya son uchburchagining pastki uchidan yaqinlashtiruv-
chi kanalga kirib, uning pastki teshigi orqa-
li taqim osti chuqurchasiga chiqadi. Son ar-
167-rasm. O‘ng umumiy, tashqi hamda ichki yon-
bosh arteriylari va ularning tarmoqlari:
1–o‘ng umumiy yonbosh arteriya; 2–o‘ng ichki 
yonbosh arteriya; 3–ustki dumba arteriyasi;
4–dumg‘azaning lateral arteriyasi; 5–pastki dumba
arteriyasi; 6–ichki jinsiy arteriya; 7–yopqich arte-
riya; 8–tashqi yonbosh arteriyasi; 9–yonbosh-bel 
arteriyasi.


381
teriyasining bosh lang‘ich qismidan qorinning oldingi devori mu-
shaklari, terisi va teri osti yog‘ kletchatkasini, shuning dek, er-
kaklarda yorg‘oq terisini, ayollarda katta jinsiy lablar terisini qon 
bilan ta’minlovchi qorin devorini yuzaki arteriyasi, yonbosh suya-
gini o‘rovchi yuzaki arteriya va tashqi jinsiy arteriyalar chiqadi.
Son arteriyasining eng katta tarmog‘i bo‘lgan sonning chuqur 
arteriyasining tarmoqlari: son suyagini o‘rovchi medial va late-
ral arteriyalar, shuningdek, teshib o‘tuvchi arteriyalar son suyagi-
ni, chanoq va son mushaklarini, son terisini qon bilan ta’minlay-
di. Son arteriyasidan yaqinlashtiruvchi kanalda boshlanib, yashi-
rin nerv bilan uning oldingi devori orqali sonning oldingi yuza-
siga chiqadigan tizza bo‘g‘imining tu shuvchi arteriyasi pastga to-
mon yo‘ na lib, tizza bo‘g‘imiga keladi va tizza bo‘g‘imi to‘rini ho-
sil qilish da ishtirok etadi.
Taqim arteriyasi
(a.poplitea)
 
son arteriyasining bevosita davo-
mi bo‘lib, taqim osti chuqurchasining boshlanish joyida son suya-
gini orqa tomonida yotadi. Uning qolgan qismi taqim osti musha-
gi ustida yotib, shu mushakning pastki chekkasida oldingi va or-
qa katta boldir arteriyalariga bo‘linadi. Taqim arteriyasidan son 
va oldingi katta boldir arteriyalari tarmoqlari bilan tizza bo‘g‘imi 
to‘rini hosil qiluvchi tizzaning yuqorigi lateral va medial, tizza-
ning pastki lateral va medial, shuningdek, tizzaning o‘rta arteriya-
lari chiqadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin