Anatomiya 2014. indd


Pastki ichak-tutqich arteriyasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

3. Pastki ichak-tutqich arteriyasi
(a. mesenterica inferior)
 
qo-
rin aortasining chap yuzasidan III
 
bel umurtqasi sohasida bosh-
lanib, qorin pardaning orqasida pastga va chap tomonga yo‘na-
ladi. Uning tarmoq lari tushuvchi chambar ichakni, sigmasimon 
chambar ichak ni va to‘g‘ri ichakning yuqori qismini qon bilan 
ta’minlaydi.
Pastki ichak-tutqich arteriyasi tarmoqlari ustki ichak-tutqich 
arteriyasi tarmoqlari va to‘g‘ri ichakning pastki qismlarini qon bi-
lan ta’minlovchi ichki yonbosh arteriyasi tarmoqlari bilan anas-
tomoz hosil qiladi.
Umumiy yonbosh arteriyasi
(a. iliaca communis) pastga va 
tashqariga kichik chanoq bo‘shlig‘iga yo‘nalib, dumg‘aza-yon-


380
bosh bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh arteriyasiga 
bo‘linadi.
Ichki yonbosh arteriyasi
(a.iliaca interna)
 
katta bel mushagining 
medial tomonidan kichik chanoq bo‘shlig‘iga tushib, katta quymich 
teshigining yuqori chekkasida ikkita poyaga bo‘linadi. Uning orqa 
poyasidan chanoq devori va oraliq mushaklarini, dumba mushaklari, 
sonning medial guruh mushaklari va chanoq-son bo‘g‘imini qon bi-
lan ta’minlovchi: yonbosh-bel, dumg‘azaning lateral, ustki va pastki 
dumba, yopqich arteriyalari chiqadi (167-rasm).
Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan to‘g‘ri ichakning 
o‘rta va pastki qismlarini, siydik qopini, bachadon va qinni, pros-
tata bezini, urug‘ pufakchalarini, siydik chiqarish nayini, urug‘ olib 
ketuv chi nayni va erlik olatini qon bilan ta’minlovchi kindik arte-
riyasi, qovuqning past ki arteriyasi, bachadon, to‘g‘ri ichakning o‘rta 
va ichki jinsiy arteriyalar chiqadi.
Tashqi yonbosh arteriyasi
(a. iliaca externa)
 
umumiy yonbosh ar-
teriyaning bevosita davomi bo‘lib, katta bel mushagining ichki chek-
kasi bo‘ylab chov boylamigacha boradi. U tomirlar sohasi botig‘i or-
qali songa chiqadi va son arteriyasi nomini oladi. 
Tashqi yonbosh arteriyasidan qorin devori va chanoq mushak-
lari, urug‘ tizimchasi pardalarini va moykni ko‘taruvchi mushakni, 
ayollar da tashqi jinsiy a’zolar terisini qon bilan ta’minlovchi qo-
rin devorining past ki arteriyasi va yonbosh suyagini o‘rovchi chu-
qur arteriyalar chiqadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin