Anatomiya 2014. indd


-rasm. Qorin bo‘shlig‘i yuqori qavati a’zo-



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

166-rasm. Qorin bo‘shlig‘i yuqori qavati a’zo-
larining arteriyalari. Old tomondan ko‘rinishi:
1–jigarning xususiy arteriyasining chap tar-
mog‘i; 2–qorin poyasi; 3–oshqozonning chap 
arteriyasi; 4–aortaning qorin qismi; 5–taloq 
arteriyasi; 6–chap oshqozon-charvi arteriyasi; 
7-oshqozonning o‘ng arteriyasi; 8–o‘ng osh-
qozon-charvi arteriyasi; 9–oshqozon-o‘n ikki 
barmoq ichak arteriyasi; 10–umumiy jigar
arteriyasi; 11–jigarning xususiy arteriyasi;
12–o‘t pufagi arteriyasi; 13–jigarning xususiy 
arteriyasining o‘ng tarmog‘i.


379
bo‘ylab chap tomonga yo‘nalib, chap oshqozon-charvi arteriya-
si bilan anastomozlashadi. Undan oshqozonni va katta charvini 
qon bilan ta’minlovchi tarmoqlar chiqadi. Ustki oshqozon osti 
bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyalari o‘n ikki barmoq ichak-
ning yuqori qismini va oshqozon osti bezining boshini qon bilan 
ta’minlaydi.
d) taloq arteriyasi (a. lienalis)
 
oshqozon osti bezining ustki 
qirrasi bo‘ylab yo‘nalib oshqozon osti bezining tana va dum qism-
larini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari oshqozon tubini 
qon bilan ta’minlovchi oshqozonning kalta arteriyalarini bergach 
ta loqqa yo‘naladi. Taloq darvozasida u shoxlanib, taloq parenxi-
masiga tarqaladi. Taloq darvozasida taloq arteriyasi yoki uning 
tarmoqlaridan chiqqan chap oshqozon-charvi arteriyasi oshqo-
zonning katta egriligi bo‘ylab o‘ng tomonga yo‘nalib osh qozonni 
va katta charvini qon bilan ta’minlaydi va o‘ng oshqozon-charvi 
arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
2. Ustki ichak-tutqich arteriyasi
(a. mesenterica superior)
 
qo-
rin aortasidan oshqozon osti bezi tanasini orqasida XII ko‘krak I 
bel umurt qasi sohasida boshlanadi. Oshqozon osti bezi boshi bi-
lan o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismi o‘rtasidan o‘tib, ingi-
chka ichak ichaktutqichi ichiga kiradi. Undan chiqqan ko‘p son-
li tarmoqlar o‘n ikki barmoq ichak va oshqozon osti bezi boshi-
ni past ki qismini, och va yonbosh ichakni, ko‘richak va chu-
valchangsimon o‘simtani, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar 
ichakni qon bilan ta’minlaydi. Ustki ichak-tutqich arteriyasi tar-
moqlari ravoqsimon anastomozlar hosil qiladi va pastki ichak tut-
qich arteriyasi bilan qo‘shiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin