382
langan. Oyoq kaftida u oyoq kaftining me-
dial va lateral arteriyalariga bo‘linadi. Or-
qa katta boldir arteriyasi tarmoqlari boldir
va
kaft usti suyaklarini, tizza va boldir-oyoq
panja bo‘g‘imini, shuningdek, boldirning or-
qa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlay di.
Uning katta tarmog‘i kichik boldir arteriya-
si tashqariga
va past tomonga bosh barmoq-
ni bukuvchi mushak ostida yo‘nalib past ki
mushak-kichik boldir kanaliga kiradi. U ki-
chik boldir suyagi va boldirning lateral guruh
mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
168-rasm. Orqa katta boldir arteriyasi:
1–taqim arteriyasi; 2–kicik boldir arteriyasi; 3–orqa katta boldir arteriyasi;
4–tovon
tar moqlari; 5–tovon to‘ri; 6–oyoq kaftining medial arteriyasi;
7–medial to‘piqning to‘ri; 8–medial to‘piq tarmoqlari; 9–oldingi katta
boldir arteriyasi; 10–tizzaning pastki medial arteriyasi.
Oyoq panjasining ustki yuzasida oldingi katta boldir arteriya-
sining davomi bo‘lgan oyoq panjasining
ustki arteriyasi birinchi
kaft suyaklari oralig‘iga yo‘nalib, oxirgi tarmoqlariga bo‘linadi.
Uning tarmog‘i ravoqsimon arteriya oyoq kafti bilan barmoq fa-
langalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar sohasida oyoq panjasi kaft usti-
ning lateral arteriyasi bilan anastomozlashib kaft usti ravog‘ini
hosil qiladi. Bu ravoqdan chiqqan tarmoqlar II–V barmoqlar-
ning ustki tomoniga yo‘naladi. Oyoq kaftida orqa katta boldir
arteriyasi tarmoqlari oyoq kaftining medial
va lateral arteriyala-
ri (169-rasm) yotadi. Oyoq kaftining medial arteriyasi o‘z nomi-
dagi egatda yotib, atrofdagi mushaklarni qon bilan
ta’minlaydi va lateral oyoq kafti arteriyasi hamda
oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi bilan anas-
tomozlashadi.
Dostları ilə paylaş: