384
kan joyda o‘ng bo‘l machaga quyiladi. Yuqori kavak venaning old
tomonida ayrisimon bez joylashgan. Unga o‘ng
tomondan me-
diastinal plevra tegib tursa, chap tomonida aortaning ko‘tariluv-
chi qismi yotadi. Yuqori kavak vena orqa tomondan o‘ng o‘pka
ildiziga tegib turadi. Yuqori kavak venaga o‘ng tomonidan toq
vena, chap tomonidan esa ko‘ks oralig‘i
va perikardning mayda
venalari quyiladi.
Yuqori kavak vena tizimi uch guruh venalardan: bosh va bo‘yin,
ikkala qo‘l venalari, ko‘krak qafasi va qisman qorin devori vena-
laridan hosil bo‘ladi.
Toq vena
(v.azygos) katta bel mushagi orqasida yotdan o‘ng
ko‘tariluvchi
bel venasining
davomidir. U o‘z yo‘nalishida pastki ka-
vak venaga quyiluvchi o‘ng bel venalari bilan anastomozlashadi. Bu
vena ko‘krak qafasiga diafragmaning bel qismining o‘ng oyoqchala-
ri o‘rtasidan o‘tib kiradi va toq vena nomini oladi. Ko‘krak
qafasi-
da toq vena orqa ko‘ks oralig‘ida yotadi. U umurtqa pog‘onasining
o‘ng tomoni bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib IV–V ko‘krak umurtqalari
sohasida vena o‘ng o‘pka ildizi orqasidan egilib o‘tib yuqori kavak
venaga quyiladi. Toq venaga o‘ng yuqori qovurg‘alararo vena, orqa
qovurg‘alararo venalar,
yarim
toq vena, shuningdek, ko‘krak qafasi
a’zolari venalari quyiladi.
Dostları ilə paylaş: