Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə326/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yarim toq vena 
(hemiazygos)
 
toq venadan ingichka, chap ko‘-
tariluv chi bel venasining davomidir. U ko‘krak qafasiga diafrag-
170-rasm. Yelka-bosh venasi va
uning oqimlari:
1–yuz venasi; 2–quloq oldi bezi; 3–past ki jag‘ 
orqasidagi vena; 4–to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ich-
simon mushak; 5–ustki qalqonsimon vena
6–chap ichki bo‘yinturuq venasi; 7–toq qal-
qonsimon chigal; 8–o‘rta qalqonsimon vena; 
9–chap yelka-bosh venasi; 10–chap o‘mrov 
osti arteriyasi; 11–chap o‘mrov osti venasi
12–chap umumiy uyqu arteriyasi; 13–ichki 
ko‘krak venasi; 14–pastki qalqonsimon vena; 
15–aorta ravog‘i; 16–yuqori kavak vena;
17–yelka-kalla poyasi; 18–o‘ng yelka-bosh venasi; 19–o‘ng o‘mrov osti ar-
teriyasi; 20–o‘ng o‘mrov osti venasi; 21–adash gan nerv; 22–o‘mrov suyagi; 
23–bo‘yinning ko‘ndalang venasi; 24–o‘ng umumiy uyqu arteriyasi;
25–o‘ng ichki bo‘yinturuq venasi; 26–tashqi bo‘yinturuq venasi;
27–ensa venasi; 29–til osti venasi.


385
ma bel qismining chap oyoqchalari o‘rtasidan o‘tib kiradi. Ko‘krak 
bo‘shlig‘ida 4–5 ta pastki orqa qovurg‘alararo venalarni qabul qiladi. 
VII–X ko‘krak umurt qalari sohasida toq vena o‘ng tomonga burilib, 
umurtqa pog‘onasining oldidan o‘tadi va toq venaga quyiladi. Yarim 
toq venaga 6–7 ta yuqorigi orqa qovurg‘alararo venalar, qizilo‘ngach 
va ko‘ks oralig‘i venalaridan hosil bo‘lgan qo‘shimcha yarim toq ve-
na
 
quyiladi. Toq va yarim toq venalarning asosiy oqimlariga orqa qo-
vurg‘alararo venalar kiradi. 
Yelka-bosh venalari
(v. brachicephalica) yuqori kavak vena-
ning asosiy ildizi bo‘lib (170-rasm), bosh, bo‘yin va qo‘ldan qon 
yig‘adi. Yelka-bosh venasi, o‘z navbatida, o‘mrov osti va ichki 
bo‘yinturuq venalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Chap yelka-
bosh venasi uzunligi 5-6 sm bo‘lib, chap to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi 
sohasida chap o‘mrov osti va ichki bo‘yinturuq venasining qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi. Chap yelka-bosh venasi to‘sh suyagi das-
tasini va ayrisimon bezning orqasidan pastga va o‘ng tomonga 
yo‘nalib o‘ng I qovurg‘a tog‘ayi sohasida o‘ng yelka-bosh vena-
si bilan qo‘shiladi. O‘ng yelka-bosh venasining uzunligi 2–3 sm 
bo‘lib, o‘ng to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi orqasida o‘ng o‘mrov osti va 
ichki bo‘yinturuq venasining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. U past-
ga tomon vertikal tu shadi. Yelka-bosh venasiga ichki a’zolardan 
kelayotgan mayda venalar, shuningdek, qalqonsimon bezning yi-
rik venalari va ichki ko‘krak venalari quyiladi.
Bosh va bo‘yindan vena qoni ichki, tashqi va oldingi bo‘yin-
turuq venalar orqali oqadi. Ularning eng kattasi ichki bo‘yintu-
ruq vena sigmasimon sinusning bevosita davomi bo‘lib, bo‘yin-
turuq teshigi sohasidan bosh lanadi. Boshlanish joyida ichki bo‘-
yin turuq venasining ustki kengaymasi bor. Ichki bo‘yin turuq vena 
bo‘yin sohasida uyqu arteriyasi va adashgan nerv bilan birgalikda 
bo‘yin fassiyasidan hosil bo‘lgan qin ichida yotadi. Ichki bo‘yin-
turuq vena o‘mrov osti venasi bilan qo‘shiladigan joyda bo‘yin-
turuq venasining pastki kengaymasi
 
joylashgan. Ichki bo‘yintu-
ruq vena oqim lari ikki guruh ga: l. Bosh suyagi ichidagi venalar; 
2. Bosh suyagi tashqarisidagi venalarga bo‘linadi.
Bosh suyagi ichidagi oqim larga bosh miya qattiq par dasidagi 
sinuslar kiradi. Bu sinuslarga bosh miyadan qon yig‘uvchi yuza 
va chuqur ve na lar, kalla suyaklarining g‘o vak moddasidan qon 
yi g‘uv chi diploik venalar,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin