389
Oyoq venalari chuqur va yuza venalarga bo‘linadi. Yuza venalar
teri ostida joylashib, ko‘p sonli to‘rlar hosil qiladi.
Ulardan oyoq-
ning katta va kichik teri osti venalari hosil bo‘ladi.
Oyoq panjasi venalari: oyoq panjasining orqa (dorsal) vena-
lari
bar moqlarning vena chigallaridan boshlanib, oyoq panjasi-
ning orqa (dorsal) ravog‘iga
quyiladi.
Bu ravoqning medial chek-
kasidan oyoq ning katta teri osti venasi, lateral chekkasidan esa
oyoqning kichik teri osti venasi bosh lanadi.
Oyoq panjasining
kaft tomonida kaft vena to‘ri ko‘p sonli teri osti venalaridan qon
yig‘adi. Ular chuqur anastomozlar hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: