Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Jigarning darvoza venasi
Jigarning darvoza venasi
(v. portae hepatis)
 
qorin bo‘shlig‘ida-
gi toq hazm a’zolaridan (jigardan tashqari) qon yig‘uvchi yirik ve-
na. Uning uzunligi 5–6 sm, ko‘ndalang o‘lchami 11–18 mm. Ji-
garning darvoza venasi o‘n ikki barmoq ichak boylami ichida xu-
susiy jigar arteriyasi va umumiy o‘t yo‘lining orqasida joylashadi. 
Jigar darvozasiga kirgach, darvoza venasi o‘ng va chap shoxlarga 
bo‘linadi. Ular, o‘z nav batida, sektor va segmentlarga shoxlanadi. 
Bunday bo‘linish da vom etib oxiri bo‘lakchalararo venalarga ay-
lanadilar. Bo‘lakcha ichi da bu venalar
 
keng kapillyarlarga (sinu-
soid tomirlar) bo‘linadi. Bo‘ lakchalardan chiquvchi venalar o‘zaro 
qo‘shilib 3–4 jigar venalarini hosil qiladi. Darvoza vena tizimi 
venalarida ikkita kapillyar tori mav jud. Ulaming birinchisi hazm 
a’zolari devorida, ikkinchisi esa jigar bo‘lakchalari ichida joylash-
gan. Shuning uchun hazm a’zolari devoridan yig‘ilgan vena qo-
ni jigardan o‘tish vaqtida zararli va yot moddalardan tozalanib, 
so‘ngra pastki kavak venaga quyiladi.
Darvoza venasi oshqozon osti bezi boshining orqasida yuqo-
rigi tut qich venasi va taloq venasining o‘zaro qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi. Bundan tashqari darvoza venasining hosil bo‘lishida past-
ki tutqich venasi va chap oshqozon venasi ham ishtirok etadi.
Yuqorigi tutqich venasi
(v. mesenterica superior) ingichka 
ichak tutqichi ildiziga o‘z nomidagi arteriyaning o‘ng tomonida 
keladi. U osh qozonning katta egriligi va katta charvining o‘ng to-
moni, o‘n ikki barmoq ichak, oshqozon osti bezining bosh qis-
mi, och va yonbosh ichak, ularning tutqichi, ko‘richak va chu-
valchangsimon o‘simta, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar 
ichakdan qon yig‘adi.
Taloq venasi 
(v. splenica) oshqozon osti bezining yuqori qirrasi 
bo‘y lab shu nomdagi arteriya ostida chapdan o‘ngga yo‘naladi va 
qorin aortasining oldidan o‘tib, oshqozon osti bezi boshchasining 
orqasida yuqorigi tutqich venasi bilan qo‘shiladi. Taloq venasi ta-
loqdan, oshqozon katta egriligi va katta charvining chap tomoni-
dan, oshqozon osti bezidan qon yig‘adi. 


391

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin