368
160-rasm. Tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari.
Chap tomondan ko‘rinishi:
1–ko‘z kosasi usti arteriyasi; 2–chakkaning
chuqur arteriyasi; 3–miya pardasining o‘rta
arteriyasi; 4–yuzning ko‘ndalang arteriyasi;
5–ustki jag‘ arteriyasi; 6–chakkaning yuza ar-
teriyasi; 7–quloq suprasining orqa arteriya-
si; 8, 12–halqumning yuqoriga yo‘nalgan arte-
riyasi; 9–ensa arteriyasi; 10–yuqoriga yo‘nal-
gan tanglay arteriyasi; 11–yuz arteriyasi;
13–ichki yuqu arteriyasi; 14–adashgan nerv;
15–diafragma nervi; 16–umumiy uyqu arte-
riyasi; 17–oldingi narvonsimon mushak;
18–bo‘yinning ko‘tariluvchi arteriyasi;
19–pastki qalqonsimon arteriyasi; 20–qal-
qonsimon-bo‘yin poyasi; 21–qovurg‘a-bo‘yin
poyasi; 22–chap o‘mrov osti arteriyasi;
23–umurtqa arteriyasi; 24–ustki qalqonsimon bez arteriyasi; 25–ustki hiqil-
doq arteriyasi; 26–tashqi uyqu arteriyasi; 27–pastki jag‘ osti bezi;
28–engak osti arteriyasi; 29–engak tarmog‘i; 30–pastki lab arteriyasi;
31–lunj arteriyasi; 32–ustki lab arteriyasi; 33–ustki jag‘dagi tish katakchala-
rining orqa arteriyasi; 34–tanglayni pastga yo‘nalgan arteriyasi;
35–ko‘z kosasining pastki arteriyasi; 36–chaynov arteriyasi;
37–ko‘z burchagiga yo‘naluvchi arteriya; 38–burunning orqa arteriyasi;
39–g‘altak usti arteriyasi.
boshlanadi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o‘ngiga
nisbatan 2–2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon va kurak-til osti mushaklarning orqasida bo‘yin
umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalari oldida vertikal yo‘nalib yuqo-
riga ko‘tariladi. Bo‘yinda uning lateral tomonida ichki bo‘yin-
turuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashgan bo‘lib,
bo‘yin fassiyasi bilan o‘raladi va bo‘yinning tomirli-nerv li dasta-
sini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning yuqori chekkasi sohasi-
da har bir umumiy uyqu arteriyasi tashqi va ichki uyqu arteriya-
lariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: