364
di. Qorinchalararo to‘siqni mushak qismida bu dasta o‘ng va chap
oyoq chalarga bo‘linib, qorinchalar miokardida tugaydi.
Yurakdagi elektr hodisalar.
To‘qimalarda qo‘zg‘alishda hosil
bo‘ ladigan elektr hodisalarni ta’sir toki deyiladi. Ular ishlayotgan
yurak da ham hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘algan qism qo‘zg‘alma-
gan qism ga nisbatan elektr manfiy bo‘ladi.
Yurakda bo‘layotgan hodisalarni elektrokardiograf yordamida
qayd qilish mumkin. Bu usul elektrokardiografiya, yozib olingan
egri chiziq esa elektrokardoigramma (EKG) deyiladi.
Odam tanasi suyuq o‘tkazuvchi bo‘lgani uchun yurakning bio-
toklari butun tana bo‘ylab o‘tkaziladi va ularni teri yuzasida qayd
qilish mum kin. Bunda skelet mu shaklari ta’siri va toki halaqit ber-
masligi uchun bemorni kushetkaga yotqizib, tinch yotishi so‘ra-
ladi va elektrodlar qo‘yiladi. EKG yozib olish uchun potensiallar
qo‘l-oyoqlardan va ko‘k rak qafasining ma’lum nuqtalaridan oli-
nadi (157-rasm).
Ko‘pincha, elektrodlar uchta standart
usul bo‘yicha ulanadi. Birinchi usulda
elek trodlar o‘ng va chap bilakning ich-
ki yuzasiga, ikkinchi usulda o‘ng qo‘l va
chap oyoq, uchinchi usulda chap va qo‘l
chap oyoqqa ulanadi. V harfi bilan bel-
gilangan ko‘krak (perikardial) unipolyar
otvedeniyalarni yozganda nofaol (indif-
ferent) bitta elektrod chap oyoq terisiga,
ikkinchi faol elektrod (158-rasm) ko‘krak
qafasini oldingi yuzasidagi ma’lum nuq-
talarga (V
1
, V
2
, V
3
, V
4
, V
5
, V
6
) qo‘yiladi.
Bu otvedeniyalar
yurak mushak lari-
dagi buzilishlar joylashgan joyni aniq-
lashga yordam beradi. Sog‘lom odam
EKG sida beshta tishcha:
P, Q, R, S, T
bo‘ladi.
P, R
va
T
tish chalar yuqoriga qa-
ragan bo‘lib (musbat tishlar),
Q
va
S
tish-
chalar pastga qaragan (manfiy tishcha-
Dostları ilə paylaş: