Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yurakning qon tomirlari. 
Yurakni ko‘tariluvchi aortaning 
so‘ g‘on qismidan boshlanuvchi o‘ng va chap toj arteriyalari qon 
bilan ta’minlaydi (155-rasm). Yurak arteriyalari yarim oysimon 
to‘sqichlar sinusi sohasidan boshlangani uchun qorinchalar qis-
qargan vaqtda ularning teshigini qopqoqlar tabaqasi berkita-
di. Qorinchalar bo‘shash gan vaqtda to‘sqichlar sinusi qon bilan 
to‘ladi va qon toj arteriyalarga o‘tadi.
O‘ng toj arteriyasi
 
yarim oysimon qopqoqning o‘ng tabaqasi 
sinusi sohasidan boshlanadi. O‘ng quloqcha ostidan o‘tib toj egat-
da y otadi. Yurakning o‘ng o‘pka yuzasini aylanib o‘tib, uning or-
qa yuza si bo‘ylab chapga yo‘naladi va chap toj arteriyaning ayla-
nib o‘tuv chi shoxi bilan anastomozlashadi. Uning yirik orqadagi 
qorinchalararo tarmog‘i qorincahalararo orqa egat bo‘ylab y urak 
uchigacha boradi. O‘ng toj arteriya tarmoqlari o‘ng bo‘lmacha va 
qorincha devo rini, o‘ng qorincha so‘rg‘ichsimon mu shak larini, 
qorinchalararo to‘siq ning orqa qismini, si-
nus va bo‘lmacha orasidagi, bo‘lmacha va 
qorincha orasidagi tugunlarini qon bilan 
ta’minlaydi.
155-rasm. Yurakning qon tomirlari:
1–aorta ravog‘i; 2–o‘pka poyasi; 3–chap toj ar-
teriya; 4–chap toj arteriyaning o‘rovchi tarmog‘i; 
5–chap toj arteriyaning oldingi qorinchalararo tar-
mog‘i; 6–o‘ng toj arteriya; 7–aortaning ko‘tarilu-
vchi qismi; 8–pastki kavak vena.


360
Chap toj arteriya
 
yarim oysimon qopqoqning chap tabaqasi 
sinusi so ha sidan boshlanib ikki shoxga: oldingi qorincha lararo va 
o‘rovchi tarmoq larga bo‘linadi. O‘rovchi tarmoq chap toj arte-
riyaning bevosita davomi bo‘lib, toj egatda yotadi va o‘ng toj ar-
teriya bilan anastomoz la shadi. Oldingi qorinchalararo tarmoq qo-
rinchalararo oldingi egat bo‘ylab yurak uchiga yo‘naladi va orqa 
qorinchalararo arteriya bilan anastomozlashadi. Chap toj arteriya 
tarmoqlari chap qorincha devorini va so‘rg‘ichsimon mushaklar-
ni, qorinchalararo to‘siqni katta qismini, o‘ng qorinchaning ol-
dingi devorini va chap bo‘lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. 
Yurak venalari son jihatidan arteriyalarga nisbatan ko‘p. Ularning 
asosiylari yig‘ilib, bitta yurak toj venalarining kengaymasini

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin