359
suyagiga birikkan joyida. Aorta klapani to‘sh suyagining chap qir-
rasida, uchinchi qovurg‘a oralig‘ida. O‘pka poyasi klapani chap
uchinchi qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan joyida.
Yurak ning chegaralari yoshga qarab o‘zgarib boradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragi yuqori va ko‘ndalang joyla-
shadi. Yurak uchi proyeksiyasi IV qovurg‘a oralig‘ida chap o‘rta
o‘mrov chizig‘idan 1–2 sm tashqarida bo‘ladi. Bir yoshgacha
bo‘lgan bolada uning yuqori chegarasi ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida
bo‘lsa, past ki chegarasi kattalarnikiga nisbatan bir qovurg‘a ora-
lig‘ida yuqori turadi. O‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chek-
kasida yoki undan 0,5–1 sm o‘ngroq da joylashgan. 2–3 yoshlar-
da yurak qiyshiq holat ga o‘tadi va o‘smirlik davrida katta larnikiga
o‘xshab qoladi.
Dostları ilə paylaş: