Anatomiya 2014. indd


teshigi ochiladi. Uning atrofini ingichka o‘roq- simon burma – tojsimon sinus to‘sig‘i o‘ragan. O‘ng qorincha



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
teshigi ochiladi. Uning atrofini ingichka o‘roq-
simon burma – tojsimon sinus to‘sig‘i o‘ragan.
O‘ng qorincha
 
uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shakli-
da bo‘lib, devorining qalinligi 5–8 mm. Uning medial devori qo-
rinchalararo to‘siq
 
hosil qilib, ko‘p qismi mushakdan
 
va yuqo-
ri bo‘lmachaga yaqin qismi pardadan
 
iborat. O‘ng qorinchaning 
yuqo rigi keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi o‘ng bo‘lma-
cha va qorinchalar orasidagi teshik bo‘lib, o‘ng bo‘lmacha va o‘ng 
qorincha orasidagi (uch tabaqali) to‘sqich bilan bekilgan. Qop-
qoq tabaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko‘rinishida 
bo‘lib, ularning asosi teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkala-
ri esa qorincha bo‘shlig‘iga qaragan. Bo‘lmacha qisqarganida qon 
bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga yopi-
shadi va qonning qorinchaga o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Qorin-
cha qisqarganida to‘sqich tabaqalarining erkin chekkalari yopila-
di, ammo bo‘lmachaga qarab bukilmaydi, chun ki qorincha tomo-
nidan ularni so‘rg‘ichsimon mushaklar uchidan boshlangan pishiq 
biriktiruvchi to‘qima li mushak payining tori
 
ush lab turadi.
Oldingi – o‘pka poyasi teshigini, o‘pka poyasining to‘sqichi
 
to‘sib turadi. U aylana bo‘ylab joylashgan uchta yarim oysi-
mon to‘sqichdan iborat. Ularning qavariq yuzasi o‘ng qorin-
cha bo‘shlig‘iga, botiq yuzasi va erkin chekkasi o‘pka poya-
si bo‘shlig‘iga qaragan. Har bir to‘sqichning erkin chekkasi-
ning o‘rtasida qalinlashgan yarim oysimon to‘sqich tugunlari
 
bo‘lib, qopqoqlarning zich yopilishini ta’minlaydi. Yarimoysi-
mon to‘sqich bilan o‘pka poyasi o‘rtasida bo‘shliq bor. Qorincha-
lar qisqarganida, yarim oysimon to‘sqichlar qon bosimi ta’sirida 
o‘pka poyasi devoriga yopi shadi. Qorinchalar bo‘shash ganida esa, 
orqaga qaytgan qon qop qoq bo‘shlig‘ini to‘latib, ularni yopadi va 
qon orqaga qaytmaydi.
Chap bo‘lmacha
 
noto‘g‘ri kub shaklida bo‘lib o‘ng bo‘lma-
chadan silliq bo‘limachalararo to‘siq vositasida chegaralanib tu-
radi. Unda joylashgan oval chuqurcha o‘ng bo‘lmacha tomonida 
yaxshi bilinadi. Chap bo‘lmachaning oldingi yuzasida chap quloq-
cha
 
joylashgan. Bo‘lmachaning ichki yuzasi silliq, quloqcha ichi-
da taroqsimon mu shaklari bor. Chap bo‘lmachaga ochiladigan 5 


357
ta teshikdan to‘rttasi yuqori va orqa tomonda joylashgan. Bular 
o‘pka venalari teshiklaridir

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin