Leykopeniya.
Leykostitlar sonining kamayishi – leykopeniya
347
qorin tifining boshlang‘ich davrida, paratif A va B da, shuningdek,
ba’zi kasalliklarda kuzatiladi.
Leykozlar.
Oq qon, qon raki, leykoz – sinonimlar bo‘lib hisob-
lanadi. Kasallik sabablari – qizil ko‘mik hujayralarini mutatsiyasi,
infeksiya va o‘sma nazariyalari.
Leykozlar yetilmagan qon ishlab chiqaruvchi to‘qimani siste-
mali o‘sib ke tishining umumiy nomi. Ushbu to‘qimaning leykoz-
da jadal – progressiv o‘sib ketishi, ularni o‘smalar bilan bir qa-
torga qo‘yadi.
Miyeloid to‘qimaning o‘sib ketishi – miyeloid leykoz yoki
miyeloz, lim fatik to‘qimaning o‘sib ketishi – limfatik leykoz yoki
limfadenoz, retikulyar to‘qimaning o‘sib ketishi – retikulez deb
nomlanadi.
Odatda, leykozlarda qonga qon ishlab chiqaruvchi to‘qimadan
ko‘p miqdorda yetilmagan hujayralar kelib tushadi. 1 ml perefe-
rik qonda oq qon tanachalarining soni normadagi 5,0 · 10
3
o‘rniga
3,0 · 10
5
ga yetishi mumkin.
Bunday leykozlar leykemik deb ataladi. Leykozlarda qonda
uncha ko‘p bo‘lmagan, yetilgan leykositlar bilan bir qatorda juda
ko‘p miq dorda yetilmagan shakllari – miyelositlar va miyeloblast-
lar bor bo‘ladi. Leykozlarning kechishi o‘tkir va surunkali bo‘lishi
mumkin.
O‘tkir leykoz isitma, suyaklar qaqshashi, gemoragik diatez,
qon o‘z garishi, anemiya, tomoq, halqum va milklarda gangrenoz
o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, milklar qonashi, jigar va taloq kat-
talanishi bilan xarakter lanadi. O‘tkir leykoz birnecha oy davom
etadi va davolash choralari qo‘llansa, surunkali leykozga ayla-
nishi mumkun.
Surunkali lekroz birnecha yil davom etadi. Unda jigar, taloq,
lim fa tugunlari kattalashib ketadi. Kasallik vaqti-vaqti bilan qo‘z-
g‘ab, remissiya bilan almashinib turadi.
Limfadenozlar asosida limfoid to‘qimaning o‘sib ketishi yota-
di. Ular o‘tkir, surunkali bo‘lishi, qon o‘zgarishining xarakteriga
ko‘ra esa leykemik va aleykemik bo‘ladi. Limfadenozlar surun-
kali kechgani uchun ba’zida limfa tugunlarning juda ham katta-
lashib ketishi xa rakterlidir. Taloq va jigar ham ancha kattalasha-
di, ammo taloq su run kali leykozga nisbatan kichikroq bo‘ladi.
Retikulezlar – miyelozlar va limfadenozlarga nisbatan kamroq
uchraydi, ularda qon ishlab chiqaruvchi to‘qimaning retikulyar hu-
348
jayralari o‘sib ketadi, qonda esa yetilmagan monositlar ko‘plab pay-
do bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |