Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qon bosimi va puls
Qon tomirlar tizimida qon oqishini yurak hosil qiladigan va 
qo‘llab turadigan arteriya va venalar o‘rtasidagi bosim farqi ta’min-
lab turadi. Yurakning har bir sistolasida arteriyalarga ma’lum miq-
dorda qon otilib chiqadi. Arteriya va venalar katta qarshilik kuchi-
ga ega bo‘lgani uchun qonning faqat bir qismigina venalarga o‘tadi 
va arteriyalarda qon bosimi nolga tushmaydi. Bundan tash qari qon 
bosimini kattaligida aylanayotgan qon miqdori va qonning yopish-
qoqligiga ham bog‘liq. Mo‘tadil sharoit da qon tomirlar qonga to‘la 
bo‘ladi. Sistola vaqtida arteriyalarning devori cho‘zilib elastik ta-
ranglashuv holatida bo‘ladi, diastola vaqtida aorta va yirik arte-
riyalarning cho‘zilgan elastik devori qonga bosim ta’siri ko‘rsata-
di, shuning uchun qon oqimi to‘xtamaydi. Arteriya tizimida qon 
bosimi qorinchalar sistolasi vaqtida ko‘tariladi va diastola davrida 
qonning periferiyaga oqishiga qarab pasayadi. Sistola vaqtida ku-
zatiladigan eng yuqo ri bosim maksimal bosim yoki sistolik bosim 
deb ataladi. Diastola vaqtidagi eng kam bosimni diastolik yoki mi-
nimal bosim deyiladi.
Sog‘lom katta odamlarda maksimal bosim 110–120 mm s.u. 
ga, minimali esa 70–80 mm s.u. teng. Bolalarning bosimi arte-
riyalar devorini elastikligi katta bo‘lgani uchun kattalarga nisbatan 
kam. Qarigan vaqtda qon tomirlar devori elastikligi kamayganligi 
uchun qon bosimi darajasi ko‘tariladi. Maksimal va minimal bo-
simlar o‘rtasidagi farq puls bosimi deb ataladi. U 40–50 mm s.u. 
teng.


395
Qon tomirlar tizimining turli qismlari qon oqishiga bir xil 
ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun bosimning pasayishi bir tekis 
bo‘lmaydi. Eng ko‘p qarshilik korsatadigan qismlar bo‘lgan arte-
riola va kapillyarlarda qonni surish uchun yurakning 85 % ener-
giyasi sarf bo‘lsa, yirik, o‘rta arteriyalar va venalarda 15 % ener-
giyasi sarf bo‘ladi. Aorta va yirik arteriyalarda qon bosimi 110–
120, arteriolalarda 60–70, ka pillyarning arteriya uchida – 30, ve-
na uchida – 15 mm s.u. teng. Ve na larda bosim sekin-asta pasaya-
di. Qo‘l-oyoq venalarida u 5–8 mm s.u. teng bo‘lsa, yirik vena-
larda manfiy bo‘lishi ham mumkin.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin