400
Bakterial emboliya – organizmda infeksion yallig‘lanish ja-
rayonlarida ayniqsa, yiringli jarayonlarda kuzatiladi.
Yog‘li emboliya – yog‘ga boy to‘qimalardan masalan, uzun
naysimon suyaklar singanda parchalangan ilikdan yog‘ning
tomir-
laridagi qonga tushishida vujudga keladi. Yog‘li embollar o‘pka
tomirlarida keladi va ular miqdori ko‘p bo‘lganda, to‘satdan yuz
beradigan o‘lim
ning sababchisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘pka-
ga yog‘ tushsa, uning funksiyasi ahamiyatli darajada buzilmasligi
mumkin, yog‘ tomchilari esa asta-sekin sovunga aylanadi va erib
ketadi.
Havoli emboliya – venalarga havo tushganda yuzaga keladi.
Bo‘ yin venalarida manfiy bosimning mavjudligi tufayli,
ular ja-
rohatlanganda, havo so‘rilib kiradi va qonga o‘tadi. Suyaklar ora-
sida joylashgan venalar jarohatlanganda, tug‘ruqdan so‘ng ochi-
lib tur gan bachadon venalariga va shuningdek,
venaga ehtiyot-
sizlik bilan qon hamda suyuqliklar quyilganda ham havo so‘ri-
lib qolishi mumkin. Bunda o‘ng bo‘lmacha o‘ng qorincha va
so‘ng o‘pka kapillyarlariga o‘tuvchi havo normal qon aylanishi-
ga to‘sqinlik qiladi.
Gazli emboliya – havo emboliyasining bir turi hisoblana-
di. Uni g‘ov vos larda suv ostidan tez ko‘tarilganda
yoki kesson-
da tez chiqilganda kuzatish mumkin. Atmosfera bosimining kes-
kin pasayishi natijasida qonda erigan gazlar asosan azot, erigan
holat da gaz holatiga o‘tadi va qonda
mayda pufakchalarni hosil
qiladi. Pufakchalar ham kichik, ham katta qon aylanish doira-
larida hosil bo‘ladi. 3–4 atm bosimidan normal bosimga to‘sa-
tdan o‘tilganda pufakchalar shunchalik ko‘p bo‘ladiki, miya,
o‘pka, yurak toj tomir larining emboliyasi to‘sat dan yuz beradi-
gan o‘lim ning sababchisi bo‘ladi.
Emboliyalarning yo‘nalish harakati – qon oqimining yo‘na-
lishiga to‘g‘ri keladi. Odam qon aylanish
sxemasini aniq bilish
embollarning harakat yo‘nalishi va metastazlar hosil bo‘lish qo-
nuniyatlari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: