Anatomiya 2014. indd


-rasm. Limfa tomirlarning tuzilishi chizmasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

176-rasm. Limfa tomirlarning tuzilishi chizmasi:
1–limfa tomir; 2–klapan; 3–olib keluvchi
limfa tomirlar; 4–limfa tuguni; 5–olib ketuvchi
limfa tomirlar.


403
teliy hujayralaridan tuzilgan. Ular o‘zaro qo‘shilib, limfa tomirla-
rini hosil qiladi. Limfa tomirlari ichida klapanlari
 
bo‘lib, limfani 
bir yo‘nalishda o‘tkazadi. Klapanlar joy lashgan joylarda limfa to-
mirlar toraygan bo‘ladi. (176-rasm) Limfa tomirlari joylashishiga 
qarab a’zo ichi va a’zo sirti tomirlariga bo‘linadi. A’zo ichi limfa 
tomirlari a’zolar devorida chigallar hosil qiladi. 
A’zo sirti limfa tomirlari a’zolardan regionar limfa tugunlari-
ga qarab yo‘nalib, olib keluvchi to mirlarni hosil qiladi. Bu tomir-
lar 2–4 bo‘ladi. Ular limfa tugunini qavariq tomoniga kelib, kap-
sulani teshib o‘tadi va lim fa tugunining limfoid to‘qimasiga quyi-
ladi. Limfa tuguni darvozasi dan chiqqan 1–2 olib ketuvchi to-
mirlar keyingi limfa tugunlariga y oki lim fa poyalariga yo‘naladi. 
A’zo sirti limfa tomirlari joylashishiga qarab chuqur (qon tomir 
va nervlar bilan yo‘naluvchi) va yuza
 
(teri osti venalari va nervla-
ri bilan yo‘naluvchi) guruhlarga bo‘linadi. Tananing harakatchan 
sohalarida limfa tomirlari limfani beto‘xtov oqishini ta’minlov-
chi aylanma limfa yo‘llarini hosil qiladi.
Limfa tuguni
a’zo va to‘qimalardan limfa poyalari va lim-
fa yo‘llariga kelayotgan limfa tomirlari yo‘lida joylashadi. Limfa 
tugunlari, odat da, ikki va undan ko‘p holatda guruh bo‘lib joy-
lashadi. Lim fa tugunlari (177-rasm) oval, yumaloq, loviyasimon, 
bo‘laklarga bo‘lingan shakllarda uchraydi. Ularning uzunligi 10–
20 mm bo‘lib, umumiy og‘irligi 500–1000 g yoki tana og‘irligi-
ning 1 %ini tashkil qiladi. Limfa tugunining botiq tomonida dar-
vozasi bo‘lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va olib ketuv-
chi limfa tomirlari chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa 
olib keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunini o‘ragan bi-
riktiruvchi to‘qimali kapsuladan uning darvozasi sohasida tugun 
ichiga to‘siqlar kirib, uni bo‘laklarga bo‘ladi. Limfa tuguni pa-
renximasi po‘stloq va mag‘iz moddalarga bo‘linadi. Po‘stloq qis-
mi kapsulaga yaqin joylashib, tugunning periferik qismini egal-
laydi. Unda o‘lchamlari 0,5–1 mm bo‘lgan lim foid tugunchalar 
bo‘lib, ularda B-limfositlar to‘plangan.
Limfoid tugunchalardan ichkarida mag‘iz qismi chegarasida 
joylashgan limfoid to‘qima qatlami timusga bog‘liq bo‘lgan pa-

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin