404
rakortikal
zona deyilib, unda T-limfositlar bo‘ladi. Mag‘iz qismi
po‘stloq qismining ichki chekkasidan limfa tuguni darvozasigacha
cho‘zilgan limfoid to‘qima zanjiridan iborat.
Limfa tuguni qon
ishlab chiqarish da, organizmning himoya reaksiyalarida va lim-
fa oqimini boshqarish da ishtirok etadi.
Limfa tugunlari tananing
ayrim qismlarida yuza va chuqur guruh bo‘lib joylashadi. Tana
bo‘shliqlarida esa tugunlar bo‘shliqlar devorida joylashgan parie-
tal va a’zolar oldida joylashgan visseral guruhlarga bo‘linadi.
Limfa poyalari va yo‘llari
Limfa tana qismlaridan limfa tugunlari orqali o‘tib, limfa
poya lari va yo‘llariga yig‘iladi. Limfa poyalari va limfa yo‘llari
yi rik limfa tomirlari bo‘lib, tananing
ayrim sohalaridan limfani
vena burchagiga yoki venalarga olib boradi. Odam tanasida juft:
o‘ng va chap bo‘yinturuq, o‘mrov osti, bronx va ko‘ks orali g‘i
hamda bel limfa poyalari; toq ichak tutqichi limfa poyasi tafo-
vut qilinadi. Bu poyalarning qo‘shilishidan ko‘krak va o‘ng lim-
fa yo‘llari hosil bo‘ladi.
Ko‘krak limfa yo‘li
(ductus thoracicus)
eng katta limfa tomiri
bo‘lib, unga
oyoqdan, chanoq, qorin bo‘shlig‘i devori va a’zola-
ridan ko‘krak qafasining chap tomonidan limfa quyiladi. U qorin
bo‘shlig‘ida XII ko‘krak, II bel umurtqalari sohasida o‘ng va chap
bel poyasining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 25 % holatda ko‘krak
lim fa yo‘lining boshlanish qismiga
ichak tutqichi poyasi
ham
quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining uzunligi 30–41 sm bo‘lib, bosh-
lanish joyida ko‘krak limfa yo‘li kengaygan qismini
hosil qiladi.
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak limfa yo‘li diafragmaning aorta teshi-
gi orqali ko‘krak qafasiga chiqadi va orqa ko‘ks oralig‘ida ko‘krak
aortasi bilan toq vena o‘rtasida joylashadi. VI–VII ko‘krak umurt-
qalari sohasida u chap tomonga og‘adi. V–VI bo‘yin
umurtqalari
sohasida chap plevra cho‘qqisi ustida ravoq hosil qilib, chap ve-
na burchagiga quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining
quyilish joyida,
uning ichki qavatidan hosil bo‘lgan qonni venadan limfa yo‘li-
ga o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi juft klapan bor. Bundan tashqari
ko‘krak limfa yo‘lining bor bo‘yicha 7–9 ta klapanlari bo‘lib, ular
limfani orqaga qaytishiga to‘sqinlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: