421
sohasida joylashsa, dumg‘aza va dum segmentlari XII ko‘krak va I
bel umurt qalari sohasida yotadi.
Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda (181-rasm),
u ikki xil: uning markazida uchayotgan kapalak yoki «H» harfi-
ga o‘x shab joylashgan kulrang modda va uni o‘ragan oq modda-
dan iborat.
Kulrang moddani o‘rtasida orqa miyaning markaziy kanali
joy lash gan. U nerv nayining qoldiq bo‘shlig‘i bo‘lib, ichida orqa
miya suyuqligi oqadi. Uning yuqori uchi IV qorinchaga qo‘shilsa,
pastki uchi biroz kengayib, oxirgi qorinchani hosil qiladi.
Kulrang modda markaziy kanalning o‘ng va chap tomonlari-
da simmetrik joylashgan kulrang ustunlar hosil qiladi. Bu ustun-
lar markaziy kanalni oldingi va orqa tomonida oldingi va orqa
kulrang bitishmalar vositasida birikkan. Har bir kulrang ustunda
uning oldin gi qismi – oldingi ustun va orqa qismi – orqa ustun
bor. C
VIII
, Th
I–XII
, L
I–II
va S
II–IV
segmentlar sohasida yon ustun-
lar hosil bo‘ladi.
Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang modda ustunlari
ikki tomonda shoxlar shaklida bo‘ladi. Unda keng oldingi shox,
nisbatan ingichka orqa shox va yon shox tafovut qilinadi. Oldin-
gi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Orqa
shoxda mayda hujayralar to‘plangan bo‘lib, ularda orqa ildiz tar-
kibida yo‘naluvchi orqa miya tuguni soxta unipolyar hujayrala-
rining markaziy o‘simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq
neyronni hosil qiladi. Yon shox uchburchak shaklida bo‘lib, un-
da simpatik nerv tizimi hujayralari joylashgan.
Orqa miyaning oq moddasi egatlar bilan simmetrik joylashgan
uchta: oldingi, yon va orqa tizimchalarga ajralgan. Orqa miya-
ning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu tolalarning
yig‘indisi tizimchalarda orqa miyaning o‘tkazuv yo‘llarini hosil
qiladi. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ini orqa tomonida oldin-
gi oq bitishma joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni
biriktirib turadi.
Dostları ilə paylaş: