422
Oldingi tizimchada asosan pastga tushuvchi: oldingi po‘stloq-
orqa miya, to‘rsimon modda – orqa miya, oldingi orqa miya –
ko‘ruv bo‘r tig‘i, o‘rta miya tomi va orqa miya orasidagi dahliz –
orqa miya yo‘llari joylashgan.
Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluv-
chi: orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar,
po‘stloq – orqa miya lateral yo‘li, qizil o‘zak va orqa miya ora-
sidagi yo‘l o‘tadi.
Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi
propriotseptiv sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, bo‘yin
segmentlari so-
hasida u nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi.
Orqa miya pardalari.
Orqa miya uch qavat: tashqi qattiq, o‘rta
tor va ichki yum shoq pardalar bilan o‘ralgan (182-rasm).
Orqa miyaning qattiq pardasi qon
tomir va nervlarga boy zich
biriktiruvchi to‘qimadan iborat. U orqa miyani va uning ildizla-
rini o‘rab umurt qalararo teshikka kirib
ularning suyak pardasi-
ga birikib ketadi. Yuqori tomonda ensa suyagining katta teshigi
chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o‘tib ketadi. Past-
da qattiq parda II–III dumg‘aza umurtqalari
sohasida yopiq qop-
chiq shaklida tugaydi va 8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom eta-
di. Oxirgi ip II
dum umurt qasigacha davom etib, suyak pardaga
birikib ketadi.
Umurtqa pog‘onasini qoplagan
suyak usti pardadan qattiq
parda epi dural bo‘shliq vositasida ajrab turadi. Bu bo‘shliqda yog‘
to‘qimasi bo‘lgan yumshoq biriktiruvchi to‘qima va ichki umurtqa
vena chigallari joylashgan. Bundan
tashqari orqa miyaning qat-
tiq pardasidan chiquv chi ko‘p sonli fibroz
tolalar umurt qa pog‘onasining orqa bo‘yla-
ma boylamiga birikadi.
Orqa miyaning qat-
tiq pardasini ichki yuzasi to‘r pardadan in-
Dostları ilə paylaş: