427
nerv ning ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining ildizi esa pi-
ramida bilan oliva o‘rtasidagi egat dan chiqadi.
Bosh va orqa miya pushtning tashqi varog‘i – ektodermadan ri-
voj lanadi. Tananing dorsal qismida ektoderma hujayralaridan nerv
plastinkasi hosil bo‘lib, keyinchalik nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi-
ning oldingi qismi pusht taroqqiyotining uchinchi haftasida ken-
gayib, bir-biridan nerv nayining uncha katta bo‘lmagan toraymala-
ri bilan ajragan uchta: oldingi, o‘rta va orqa birlamchi miya pufak-
chalarini hosil qiladi. Homila taroq qiyotining ikkinchi oyida oldin-
gi va orqadagi birlamchi pufakchalar ikkiga bo‘linadi va bir-biriga
qo‘shilgan beshta: oxirgi, oraliq, o‘rta, ort qi va uzunchoq miya pu-
faklari hosil bo‘ladi. Taraqqiyot davrida miya pufakchalari devori
bir tekis o‘smaydi. Keyinchalik uzinchoq miya pufagidan uzunchoq
miya hosil bo‘ladi, ortqi miya pufagining ventral qismidan ko‘prik,
dorsal qismidan esa miyacha hosil bo‘ladi. Rombsimon miyaning
umumiy bo‘shlig‘i IV qorinchaga aylanadi. O‘rta miya pufagidan
miya oyoqchalari va to‘rt tepalik plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq
miya pufagi devori bir tekis o‘smaydi. Uning lateral devori sezilarli
o‘sib ko‘ruv bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Uning yon devorlaridan yon to-
monga ko‘z pufakchalari o‘sib chiqadi, orqa devoridan esa g‘urrasi-
mon bez (epifiz) taroqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang do‘mboq,
quyg‘ich va gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pu-
fagi bo‘shlig‘idan III qorincha hosil bo‘lib, u o‘rta miyaning suv
yo‘li vositasida IV qorincha bilan qo‘shiladi. Oxirgi miya pufagi ik-
kita yarimsharga bo‘linganidan keyin uning bo‘shlig‘i yon qorincha-
larga aylanadi. Orqa miya nerv nayining pastki qismidan rivojlana-
di, unung qoldiq bo‘shlig‘i esa orqa miyaning markaziy kanaliga ay-
lanadi.
Dostları ilə paylaş: