428
piyozcha shaklini olgani uchun uni miya
piyozchasi deb ham atashadi.
184-rasm. Miya so‘g‘oning oldingi yuzasi:
1–ko‘ruv
nervi kesishmasi; 2–ko‘ruv trakti;
3–oldingi ilma-teshik modda; 4–so‘rg‘ichsimon
tana; 5–ko‘prik; 6–parcha; 7–miyacha;
8–IV qorinchaning tomirli chigali; 9–piramida
tolalarining kesishmasi; 10–uzunchoq
miyaning pi-
ramidasi; 11–oliva; 12–miyachaning o‘rta oyoqcha-
si; 13–bosh miyaning oyoqchasi; 14–kulrang tepa-
cha; 15–quyg‘ich.
Uzunchoq miyada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish,
modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zak-
lar hamda qon aylanishi va nafas markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm.
Unda oldingi,
orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordami-
da ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib,
o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning oldingi yuzasidagi
oldingi o‘rtadagi yoriqni ikki tomonida bo‘rtib
chiqqan uzunchoq
miyaning piramidasi joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi
nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman
kesishib, piramida tolalarining kesishmasini
hosil qiladi.
Kesishgan
tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan
tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Ol-
dingi yon egat piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan ajra-
tib turadi. Oliva tish simon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda
to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan.
Uzunchoq
miyaning dorsal yuzasida orqadagi o‘rta egatni yon tomonlarida
o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va pona-
simon dastalari kengayib, do‘m boqchalar hosil qiladi (185-rasm).
Dostları ilə paylaş: