465
Kechishi bo‘yicha meningit: o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir, surunkali
bo‘ ladi. O‘tkir
meningit, o‘z navbatida, seroz va yiringli kechadi.
Me ningit da miya pardalari shishib, qalinlashib,
tomirlari qonga
to‘ lishib qoladi. Miya pardalarini ta’sirlanish belgilaridan tashqa-
ri, yana umummiya simptomlari, parez va paralichlar,
sezgi buzi-
lishlari kelib chiqadi, miya pardalari yopishishi tufayli, likvorodi-
namika buziladi. Yiringli meningit da
miya pardalari qalinlashib,
xiralashib, qonga to‘lishib qoladi, miya yuza sida yiring to‘plana-
di. Vaqtida davolansa, bemor sog‘ayib ketadi, og‘ir hollarda aqli
zaif bo‘lib qoladi yoki o‘lim bilan tugallanadi.
Ensefalit –
miya to‘qimasining yallig‘lanishi. Kasallik o‘tkir
va surunkali kechadi. Ensefalitni viruslar,
rikketsiyalar, ensefa-
lit kanasi, bakteriyalar keltirib chiqaradi. Yana yuqumli, allergik,
toksik kasalliklar oqibati bo‘lishi mumkin.
Kanalar
chaqqanida virus qonga tushadi, so‘ngra parenxi-
matoz a’zolarga, bosh miyaga o‘tadi. Virus neyrotrop xususiyat-
ga ega bo‘l ganligi uchun miyaning asab hujayralarini shikastlay-
di.
Ularda distrofik, nekrobiotik, nekrotik jarayonlar kuzatila-
di, miya to‘qimasi halokatga uchraydi. Uni o‘rnida biriktiruvchi
to‘qima o‘sib ketadi. Yosh bolalarda emlashdan so‘ng
allergik en-
sefalitlar ham bo‘lishi mumkin.
Ensefalit kamdan kam surunkali kechadi. Ensefalitni boshdan
kechirganlarda asab faoliyati buzilib – sezgi, harakatda o‘zgarishlar
kuzatiladi. O‘gir hollarda bemor komaga tushib, o‘lim yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: