Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə393/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

IV juft
– g‘altak nervi
(n. trochlearis) harakatlantiruvchi 
nerv. O‘rta miya tomining pastki tepalik sohasida Silviy suv 
yo‘li tubida joylashgan harakatlantiruvchi o‘zakdan boshlanadi. 
Nerv miya asosidan miyaning ustki chodirining lateral tomoni-
dan chiqadi va miya oyoqchasini lateral tomonidan aylanib o‘tib 
oldinga yo‘naladi. Nerv kalla bo‘shlig‘idan ko‘z kosasining ust-
ki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning ustki qiyshiq 
mushagini innervatsiya qiladi.
V juft
– 
uch shoxli nerv
(n. trigeminus) aralash nerv. Miya-
dan ikki: sezuvchi va harakatlantiruvchi ildiz hosil qilib chiqadi. 
Sezuvchi ildiz harakatlantiruvchi ildizga nisbatan katta. U chakka 
suyagi piramidasining oldingi yuzasidagi uch shoxlik nerv botiq-


468
198-rasm. Pastki jag‘ nervi. Tashqi
tomondan ko‘rinishi:
1–bosh miya pardasiga yo‘naluvchi tar-
moq; 2–oval teshik; 3–chakka mushagi 
va fassiyasi; 4–chakkaning orqa chuqur 
nervi; 5–chaynov nervi; 6–chakkaning 
oldingi chuqur nervi; 7– lunj nervi;
8– til osti bezi; 9–engak nervi;
10, 17–pastki jag‘ tish katakchalari nervi;
11, 16–til nervi; 12–pastki jag‘
osti bezi; 13–pastki jag‘ osti tuguni;
14–medial qanotsimon mushak;
15– pastki jag‘-til osti suyagi mushagi; 
16–jag‘-til osti nervi; 18–nog‘ora tori; 19–yuz nervi; 20– lateral qanotsi-
mon nerv; 21–quloqning orqa nervi; 22–quloq-chakka nervi.
ligida yotgan uch shoxli nerv tugunidagi soxta unipolyar hujay-
ralarning markaziy o‘siqlaridan hosil bo‘ladi. Bu hujayralarning 
aksonlari miya so‘g‘oniga yo‘nalib miya so‘g‘onidagi uch shoxli 
nerv ning asosiy, uch shoxli nervning o‘rta miyadagi o‘zagi va orqa 
miya yo‘li o‘zaklarida tugaydi. Bu hujayralarning periferik o‘siq-
laridan uch shoxli nervning uchta shoxi: 1) ko‘z nervi; 2) ust-
ki jag‘ nervi; 3) past ki jag‘ nervlari chiqadi. Uch shoxli nervning 
harakatlantiruv chi ildizi ko‘prikda joylashgan uch shoxli nerv-
ning harakatlantiruv chi o‘zagi hujayralarining aksonlaridan ibo-
rat. U uch shoxli nerv tugunning pastki tomonidan o‘tib, nervning 
uchinchi shoxi tarkibiga kiradi. Uch shoxli nervning birinchi ik-
ki shoxi tarkib jihatidan sezuv chi bo‘lsa, uchinchi shoxi aralash, 
chunki uning tarkibiga harakatlantiruvchi ildiz tolalari kiradi.
Uch shoxli nervning birinchi shoxi – ko‘z nervi tugunidan 
bosh lanib, ko‘z kosasining ustki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga ki-
rib, unda joylashgan a’zolarni, ko‘z olmasini, yuqorigi qovoq te-
risi va kon yunktivasini, burun bo‘shlig‘i yuqorigi qismi, peshona, 
ponasimon bo‘shliqlarni va g‘alvirsimon katakchalar shilliq par-
dasini innerva tsiya qiladi. Uning oxirgi tarmoqlari ko‘z kosasidan 
chiqib, peshona terisini innervatsiya qiladi.
Ikkinchi shox – yuqori jag‘ nervi uch shoxli tugundan boshla-
nib, oldinga qarab yo‘naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tang-
lay chuqurchasiga chiqadi. Teshikka kirishdan oldin undan o‘rta 
kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miya qattiq pardasiga boruvchi 
tar moq chiqadi. Qanot-tang lay chuqurchasida yuqori jag‘ nervi-


469
dan og‘iz va burun bo‘shlig‘i, ko‘z kosasiga boruvchi tarmoq-
lar chiqadi. Uning tarmoqlari yumshoq va qattiq tanglay, burun 
bo‘shlig‘i shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Ustki jag‘ suyagining 
do‘mboqchasidagi mayda teshiklar orqali kirgan yuqori jag‘ning 
orqa tish katakchalarining tarmoqlari ustki jag‘ning oziq tishlarini 
innervatsiya qiladi. Ko‘z kosasidan pastdagi nerv yuqori jag‘ ner-
vining bevosita davomi bo‘lib, ko‘z kosasining pastki yori g‘i orqali 
ko‘z kosasiga kiradi. U ustki jag‘ tishlariga tarmoqlar berganidan 
keyin o‘z nomidagi teshik orqali yuzga chiqib, pastki qovoq, tas-
hqi burun va ustki lab terisini innervatsiya qiladi. Qanot-tanglay 
chuqurchasida yuqori jag‘ nervi parasimpatik qanot-tanglay tugu-
ni bilan bog‘lanadi. Bu tugun hujayralari tolalari yuqo ri jag‘ nervi 
tarmoqlari tarkibida burun va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi bez-
larini, shuningdek, ko‘z yoshi beziga yo‘naladi.
Uch shoxli nervning uchinci shoxi – pastki jag‘ nervi tarkibida 
sezuv chi va harakatlantiruvchi tolalar bo‘ladi (199-rasm). U kalla 
bo‘sh lig‘idan oval te shik orqali chi qib harakatlantiruv chi va sezuv -
chi tarmoq larga bo‘linadi.
Pastki jag‘ nervining sezuvchi shoxlari to‘rtta. Lunj nervi 
lunj ning shilliq pardasini va og‘iz yorig‘i burchagi terisini in-
nervatsiya qiladi. Til nervi pastga va oldinga tomon yo‘nalib ra-
voq hosil qiladi. Uning tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldin-
gi 2/3 qismini va til osti sohasining shilliq pardasini innervatsiya 
qiladi. Til nerviga qo‘shilgan yuz nervining nog‘ora tori tarmog‘i 
ta’m sezuvchi va parasimpatik tolalardan iborat. Ta’m sezuvchi 
tolalar til nervi tarkibida ta’m sezuvchi retseptorlarga borsa, pa-
rasimpatik tolalar til nervidan ajrab jag‘ osti va til osti tugunla-
riga qo‘shiladi. Bu tugunlardan chiqqan tarmoqlar shu nomdagi 
bezlarni innervatsiya qiladi.
Pastki jag‘ tish katakchalari ner-
vi eng katta tarmoq. U pastki jag‘ 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin