adashgan nerv (n. vagus), aralash nerv (200-rasm).
Bu nerv bosh miya nervlari ichida eng uzuni bo‘lib, uning tolala-
ri odam organizmining ko‘p sohasiga tarqalgan. Nerv tarkibidagi
harakatlantiruvchi tolalar ikki nervga qarashli umumiy o‘zak, av-
tonom tolalar uning orqa o‘zagi hujayralari aksonlaridan iborat.
Sezuvchi tolalari yuqorigi va pastki tugunlarda joylashgan sezuvchi
neyronlarning markaziy o‘siqlari yakka yo‘lning o‘zagida tugay-
di. Ularning periferik o‘siqlari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi
eshituv yo‘li terisiga va ichki a’zolarga boradi. Adash gan nervning
parasimpatik tola lari nervning ko‘p qismini tash kil qilib yurak,
nafas a’zolari, ovqat hazm qilish a’zolarini ko‘p qismini (pastga
tushuvchi cham bar ichakkacha), jigar, oshqozon osti bezi va buy-
raklarni parasimpatik innervatsiya qiladi. Bu nerv tolalari orqa-
li yurak ritmini sekinlashtiruv chi, qon tomirlarni kengaytiruvchi,
bronx larni toraytiruvchi, ichaklar peristaltikasini kuchaytiruv chi
va osh qozon-ichak trakti bezlarining sekretsiyasini kuchaytiruv-
chi impulslar o‘tadi. Adashgan nerv ning sezuvchi tolalari bosh
miya qattiq pardasining orqa qismidan, tashqi quloq terisi va ich-
ki a’zolardan sezgini o‘tkazadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari
halqum, yumshoq tanglay mu shaklarini (halqum chodirini ko‘ta-
ruvchi mushakdan tashqari) va hiqildoq mu shaklarini innerva-
tsiya qiladi. Adashgan nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan
bir nechta ildiz hosil qilib chiqadi. Ular o‘zaro birikib, bo‘yin-
turuq teshigiga qarab yo‘naladi. Teshikda va undan chiqqanidan
keyin ustki va pastki tugunlarni hosil qiladi. Teshikdan chiqqani-
dan so‘ng adashgan nerv ichki bo‘yinturuq vena bilan ichki uy-
qu arteriyasi o‘rtasida pastga tomon yo‘naladi. Ko‘krak qafasining
ustki aperturasi orqali u ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi. Ko‘krak qafa-
siga kirishda o‘ng adashgan nerv o‘mrov
osti arteriyasi va venasi o‘rtasidan o‘ta-