Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə395/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

VIII juft

dahliz-chig‘anoq nervi
(n. vestibulocochearis) se-
zuv chi nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuv-
chi tolalardan tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz 
qismi nerv hujayralari ichki eshituv yo‘li tubidagi dahliz tuguni-
da joylashgan. Ularning periferik o‘siqlari ichki quloqning parda 
labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘siqlari esa 
rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o‘zaklarga boradi. 
Chig‘anoq qismi spiral kanalda joylashgan chig‘anoq tuguni hu-
jayralarining o‘siqlaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari spi-
ral a’zoda tugasa, markaziy o‘siq lari rombsimon chuqurchada-
gi chig‘anoq o‘zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan ko‘prikning 
orqasidan, yuz nervi ildizidan lateralroq dan chiqadi.
IX juft

til-halqum nervi
(n. glossopharyngeus) aralash nerv. 
U sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalardan hosil 
bo‘l gan. Til-halqum nervining o‘zaklari uzunchoq miya sohasida 
joy lashgan bo‘lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqa-
di. Kalla bo‘shlig‘idan til-halqum nervi bo‘yinturuq teshigi orqali 
tash qariga chiqadi. Bo‘yinturuq teshigi sohasida nerv ikkita sezuv-
chi tugun (yuqo rigi va pastki) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida 
sezuv chi neyronlar bo‘lib, ularning markaziy o‘siqlari uzunchoq 
miyadagi sezuv chi o‘zakda tugaydi. Ularning periferik o‘siqlari 
nerv tarmoqlari tarkibida tilning orqa 1/3 qismi shilliq pardasini
halqumning shilliq pardasini, o‘rta quloqni, tanglay murtagini va 
uyqu kengaymasini innervatsiya qiladi. Parasimpatik tolalari qu-


472
loq oldi bezini, harakatlantiruvchi tolalari esa bigiz-halqum mu-
shagini innervatsiya qiladi.
X juft


Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin