480
bar moqning medial yuzasi terisini innerva-
tsiya qiladi (204-rasm). Chuqur tarmog‘i
jim jiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni qarama-
qarshi qo‘yuvchi, jimjiloqni uzoqlashtiruv-
chi, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mu-
shakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mu-
shakni chuqur boshini, 3–4 chuvalchangsimon, suyaklararo mu-
shaklarni hamda kaft bo‘g‘imlarini innervatsiya qiladi.
2.
Yelka terisining medial nervi
medial dastadan boshlanib,
yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U yelka fassiyasini teshib
o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
3.
Bilak terisining medial nervi
medial dastadan boshlanib yel-
ka arteriyasini yonida yotadi. Yelkaning o‘rta qismida fassiyani
teshib, teri ostiga chiqib, bilakka tushadi va bilakning oldingi me-
dial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi
bilak nervi
(n. ra dia lis)dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-
mu shak kana li da yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkada bilak ner-
vi yelkaning orqa guruh mushaklari bilan yelkaning orqa lateral
yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelkaning lateral mushaklararo
to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib, yel-
ka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yota-
di. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chu-
qur tarmoqlarga bo‘linadi. Bilak nervining
yuza tarmog‘i bilak arteriyasi bilan kaftning
orqa yuzasiga o‘tadi va bosh barmoq tomon-
dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi
Dostları ilə paylaş: