477
Harakatlantiruvchi (mushak) tarmoqlari
chigal atrofida joy-
lash gan bo‘yinning chuqur mushaklarni innervatsiya qiladi. Ha-
rakatlantiruvchi tarmoqlardan bittasi til osti nervidan chiquvchi
tarmoq bilan qo‘shilib, bo‘yindagi nerv qovuzlog‘ini hosil qiladi.
Uning tarmoq lari til osti suyagining ostidagi mushaklarni inner-
vatsiya qiladi. Bundan tashqari bo‘yin chigalidan to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklar
ga
ham tarmoqlar
chiqadi.
Aralash tarmoqqa diafragma nervi kiradi. Bu nerv III–IV bo‘-
yin nerv larining oldingi shoxlaridan hosil bo‘lib, oldingi narvon-
simon mushakning oldingi yuzasi bo‘ylab pastga tushadi. Ko‘krak
qafasining ustki aperturasi orqali o‘mrov osti arteriyasi va vena-
si o‘rtasidan ko‘krak qafasiga kiradi. Ko‘krak qafasida o‘pka il-
dizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o‘rtasi-
dan o‘tib, diafragmada tarmoqlanadi. Uning harakatlantiruvchi
tolalari diafragmani, sezuv chi tolalari
plevra va perikardni inner-
vatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma-qorin tarmoqlari qorin
bo‘shlig‘iga o‘tib, diafragmani qop lagan qorinpardani innervatsiya
qiladi. O‘ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi.
Yelka chigali
(plexus brachialis) to‘rtta pastki bo‘yin, qis-
man IV bo‘yin va I ko‘krak nervlarining oldingi shoxlaridan ho-
sil bo‘ladi. Narvonsimon mushaklar oralig‘ida bu nervlar o‘zaro
qo‘shilib uchta: ustki, o‘rta va pastki poyani hosil qiladi (202-
rasm). Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig‘idan
pastga
tomon yo‘nalib, o‘mrov suyagiga nisbatan ikki: o‘mrov usti va
o‘mrov osti qismlarga bo‘linadi.
Yelka chigalining o‘mrov osti qismi qo‘ltiq osti arteriyasini
uch tomondan o‘rab turuvchi uchta dastaga bo‘linadi. Arteriya-
ning
medial tomonida medial tutam, lateral tomondan lateral tu-
tam, orqa tomonida orqa tutam joylashadi.
Dostları ilə paylaş: