464
To‘r parda keng va chuqur egatlarning ustida joylashganida
to‘r parda osti bo‘shlig‘i kengayib, havzalar hosil qiladi. To‘r par-
daning nisbatan katta havzalariga: 1) orqadagi miyacha va bosh
miya orasidagi; 2) miya oyoqchalari oralig‘idagi; 3) bosh miya-
ning lateral chuquri; 4) ko‘ruv nervi kesishmasi sohasidagi hav-
zalar kiradi.
Bosh miya qattiq pardasiga yaqin joylarda to‘r parda vena si-
nuslariga botib kiruvchi to‘r pardaning mayda donachali hosila-
larini hosil qiladi. Bular orqali miya suyuqligi vena sinuslariga
o‘tadi.
Yum shoq parda
miyaning
tashqi yuzasiga zich yopishib, ular
orasidagi barcha yoriq va egatlarga kiradi. U bo‘sh biriktiruvchi
to‘ qimadan iborat bo‘lib, qon tomirlarga boy. Ba’zi sohalarda
yum shoq parda miya qorinchalari bo‘shlig‘iga kirib, orqa miya
suyuqligi ishlab chiqaruvchi qon tomir chigallarini hosil qiladi.
Orqa miya suyuqligi bosh miya qorinchalarini, orqa miyani
markaziy
kanalini, bosh va orqa miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi. U bosh miya qorinchalarining qon tomirli asosida
ajratib chiqariladi. Orqa miya suyuqligining umumiy miqdori 120–
130 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,005
ga teng bo‘lib, oqsil moddalar kam, unda hujayralar bo‘lmaydi.
Orqa miya suyuqligi miya pardalari bilan himoya vazifasini bajara-
di, bosh va orqa miyada moddalar almashinuvida qatnashadi, kal-
la ichi bosimini doimiyligini ta’minlaydi. Yon qorinchalardan orqa
miya suyuq ligi o‘ng va chap qorinchalar
orasidagi teshik orqali III
qorinchaga o‘tadi. III qorinchadan bosh miyaning suv yo‘li orqa-
li IV qorinchaga, undan esa orqa devordagi toq (Maajandi teshigi)
teshik orqali orqa miyaning markaziy kanaliga va juft lateral teshik
(Lushka teshigi) orqali to‘r parda osti bo‘lig‘iga o‘tadi. Bu yerdan
orqa miya suyuqligi to‘r pardaning mayda donachali hosilalari or-
qali bosh miya qattiq pardasi vena sinuslariga oqadi.
Dostları ilə paylaş: